Tezkor tadbir natijasida Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil etgan Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1998-yilda tug‘ilgan Ukraina fuqarosi va 2001-yilda dunyoga kelgan Ozarbayjon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilayotgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi, 7 kg.ga yaqin yarim tayyor narkotik moddalar hamda 237 kg prekursorlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Xabarda aytilishicha, ular ushbu manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, xorijdan keltirilgan xomashyolar yordamida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanishgan.
Shuningdek, hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!