Toshkent shahrida pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan, DBQ va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Q., T.G‘. va B.X. “Волк Х091” va “С новым годом Х082” nomli pirotexnika buyumlarini sotgan vaqtida ushlanib, 30 dona “Волк Х091” va 78 dona “С новым годом Х082” nomli jami 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!