Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 va 184-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent shahar Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan taftish davomida MChJga nisbatan qo‘shimcha 8,7 mlrd so‘m soliq hisoblanadi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng, joriy yilning 15-sentyabr kuni sud tomonidan mazkur MChJda qayta taftish o‘tkazish bo‘yicha ajrim chiqarilgach, Toshkent shahar Soliq boshqarmasining Soliq auditi bo‘limi bosh inspektori qayta taftish davomida ushbu qo‘shimcha soliqni bekor qilib berishini aytib, evaziga MChJ vakillaridan 5 ming AQSh dollari oladi.
Ammo, bosh inspektor dastlabki taftishda hisoblangan qo‘shimcha 8,7 mlrd so‘mlik soliqni to‘liq bekor qilishni uddalay olmagach, muqaddam olgan 5 ming AQSh dollarini MChJ vakillariga qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!