$
11881.60 UZS
-55.29
151.05 UZS
-0.51
13749.39 UZS
-19.81
31° Kechasi 18°

Toshkentda soxta DXX xodimi 3,5 yilga qamaldi

10:23 / 07.10.2025

Toshkent shahrida o‘zini Prezident administratsiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib yurgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi tezkor tadbirda YPX xodimlari tomonidan fuqaro Javohir Orifjonov boshqaruvidagi Lacetti to‘xtatilgan. Hujjatlarni tekshirish jarayonida haydovchi o‘zini DXX xodimi ekanini aytib, yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga DXXga tegishli bo‘lgan guvohnoma ko‘rsatgan.

Shuningdek, Orifjonov uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qilib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi rahbar tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ushbu shaxs YHX boshqarmasi xodimiga uni qo‘yib yuborish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘zini shubhali tuta boshlagan shaxsning ma’lumotlarini tekshirib ko‘rgan. Natijada fuqaro ko‘rsatgan xizmat guvohnomasi qalbaki ekani, DXXga umuman aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Gumonlanuvchi shu joyning o‘zida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida Javohir Orifjonovning qator boshqa ishlari ham oshkor bo‘lgan. U, odatda, o‘zini prezident administratsiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi sifatida tanishtirgan hamda soxta mansabdor shaxs sifatida shaxsiy masalalarini hal qilib kelgan. Bunda u oldindan tayyorlab olgan soxta guvohnomalardan foydalangan.

“Men o‘zimni prezident administratsiyasida ishlovchi Alisher aka Sulaymonov deb tanishtirganman. Undan keyin o‘zim yana qaytib chiqib, o‘sha kishining jiyani bo‘laman, iltimos, ozgina yordamingiz kerak, deb o‘zimning ishlarim tezroq hal bo‘lishi uchun yordam so‘raganman. Judayam noto‘g‘ri bu, kechiringlar meni”, — deydi 33 yoshli Orifjonov.

Sud hukmi bilan Javohir Orifjonov Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Toshkent shahri IIBB Javohir Orifjonovning jinoyatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan yaqin oradagi ishchi ishlar organlariga yoki 102 raqamiga xabar berishlarini so‘ragan.


O‘zbekiston


														
														Yangiyo‘lda havoni zaharlayotgan “Qora zavod” fosh etildi

Yangiyo‘lda havoni zaharlayotgan “Qora zavod” fosh etildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan g‘isht zavodida o‘tkazilgan reyd davomida achinarli holat aniqlandi. Zav…
17:48 / 26.11.2025

														
														Ish haqi va pensiyalar 2030-yilgacha inflyatsiyadan yuqori oshirib boriladi

Ish haqi va pensiyalar 2030-yilgacha inflyatsiyadan yuqori oshirib boriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yilga mo‘ljallangan byudjetnomasiga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaq…
16:56 / 26.11.2025

														
														27-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esad…
16:30 / 26.11.2025

														
														Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Bugun, 26-noyabr soat 14:54 da 112 tizimi orqali Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki …
15:57 / 26.11.2025

														
														BAAda Interpol qidiruvidagi 3 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

BAAda Interpol qidiruvidagi 3 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi.
14:58 / 26.11.2025

														
														O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmas…
14:32 / 26.11.2025

														
														Raqobat qo‘mitasi binosi auksionga chiqarildi

Raqobat qo‘mitasi binosi auksionga chiqarildi

Savdo joriy yilning 18-dekabr kuni start narxini oshirish tartibida o‘tkaziladi.
13:03 / 26.11.2025

														
														Bayram boshlandimi?

Bayram boshlandimi?

“Farg‘ona” bojxona postida 26,5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi.
11:57 / 26.11.2025

														
														O‘zbekistonda 2026-yildan “Shajara” tizimi orqali oilaviy shajaralarni onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 2026-yildan “Shajara” tizimi orqali oilaviy shajaralarni onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda fuqarolarning oilaviy shajaralari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi 2026-y…
11:37 / 26.11.2025

														
														Toshkentda pora olgan hokimlik bosh yuriskonsulti qamaldi

Toshkentda pora olgan hokimlik bosh yuriskonsulti qamaldi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
10:01 / 26.11.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda juma namozidan so‘ng istisqo namozi o‘qiladi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekistonda juma namozidan so‘ng istisqo namozi o‘qiladi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xabarga ko‘ra, Makka va Madinada umra ziyoratida bo‘lib turgan ellikboshi imom-domlalarga ham o‘z guruhlari ishtirokida isti…
13:04 / 25.11.2025
O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmas…
14:32 / 26.11.2025
AQSh Maduroga aloqador narkokartelni “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

AQSh Maduroga aloqador narkokartelni “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari Cartel de los Soles’ni Venesuela hukumati tarkibidagi korrupsiyalashgan amaldorlar guruhi …
09:52 / 25.11.2025
Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Bugun, 26-noyabr soat 14:54 da 112 tizimi orqali Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki …
15:57 / 26.11.2025
Raqobat qo‘mitasi binosi auksionga chiqarildi

Raqobat qo‘mitasi binosi auksionga chiqarildi

Savdo joriy yilning 18-dekabr kuni start narxini oshirish tartibida o‘tkaziladi.
13:03 / 26.11.2025
Havo tozalagichlar uchun boj bekor qilindi

Havo tozalagichlar uchun boj bekor qilindi

Prezident farmoniga binoan, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 850…
10:26 / 25.11.2025
Urgutga yil boshidan buyon 500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh kelgan

Urgutga yil boshidan buyon 500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh kelgan

Tadbirkorlar Zarafshon tog‘ tizmasida joylashgan “Qortog‘” zonasida 600 gektar maydonda turizm zonasi tashkil etish tashabbu…
17:52 / 25.11.2025
Bo‘stonliqda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi

Bo‘stonliqda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi

Bo‘stonliqda yuqori tezlikda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi, – deb xabar bermoqda Toshkent viloyati…
11:04 / 25.11.2025
Toshkentda pora olgan hokimlik bosh yuriskonsulti qamaldi

Toshkentda pora olgan hokimlik bosh yuriskonsulti qamaldi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
10:01 / 26.11.2025
Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalarga reyd uyushtirildi

Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalarga reyd uyushtirildi

Davlat rahbarining Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qabul qilgan Farmoniga asosan, havoni ifloslanti…
11:14 / 25.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!