Gitler tug‘ilgan uyda politsiya uchastkasi ochildi
Avstriyaning Braunau-na-Inn shahrida Adolf Gitler tug‘ilgan uyda politsiya uchastkasi ish boshladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uchastkaning rasmiy ochilish marosimi 22-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Avstriya ichki ishlar vaziri Gerxard Karner va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Avstriya hukumati binoni 2016-yilda davlat tasarrufiga olgan. Dastlab uni neonatsistlar ziyoratgohiga aylanib qolmasligi uchun buzish rejalashtirilgan, biroq keyinchalik bu fikrdan voz kechilib, binoda politsiya uchastkasi tashkil etildi.
Hozir binoda Gitler tug‘ilganini eslatib turuvchi yagona belgi — Mautxauzen konslageridan keltirilgan xotira toshi bo‘lib, unda «Fashizm — boshqa hech qachon» degan yozuv mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!