$
11789.33 UZS
4.03
136.48 UZS
0.35
13702.74 UZS
7.04
31° Kechasi 18°

Tramp G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi” a’zolik badalini 1 mlrd dollar etib belgiladi

14:07 / 18.01.2026

Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektori bo‘yicha xalqaro “Tinchlik kengashi”da doimiy o‘rin olishni istagan davlatlardan kamida 1 mlrd dollar miqdorida badal to‘lashni talab qilmoqda. Ushbu mablag‘ni naqd shaklda to‘lagan mamlakatlar uchun a’zolik muddati bo‘yicha cheklov qo‘llanilmasligi qayd etilgan.

Hujjatga muvofiq, Donald Tramp Kengashning birinchi raisi bo‘ladi va a’zolikka kim qabul qilinishi bevosita uning qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Har bir a’zo davlat bitta ovozga ega bo‘ladi, qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, biroq ularning barchasi yakunda rais tomonidan tasdiqlanishi shart. Oddiy tartibda a’zolik muddati uch yildan oshmasligi kerak, ammo 1 mlrd dollardan ortiq badal to‘lagan davlatlar bu talabdan mustasno bo‘ladi.

Bloomberg'ning qayd etishicha, Kengashning rasmiy maqsadi — mojaro bo‘lgan yoki mojaro xavfi saqlanib qolayotgan hududlarda barqarorlikni ta’minlash, tinchlikka ko‘maklashish va “ishonchli hamda qonuniy” boshqaruvni tiklashdan iborat. Biroq tanqidchilar bu tashabbusni Tramp tomonidan ko‘p yillar davomida tanqid qilib kelingan BMTga muqobil tuzilma yaratish urinishi sifatida baholamoqda.

Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini tuzishini 16-yanvar kuni rasman e’lon qildi. Ushbu g‘oya G‘azo uchun taklif etilgan tinchlik rejasining bir qismi bo‘lib, unda xalqaro kuchlarni joylashtirish ham nazarda tutilgan. Shu kuni Oq uy Kengashning ijroiya qo‘mitasi tarkibini ham ma’lum qildi: unga yetti kishi, jumladan AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, prezidentning kuyovi Jared Kushner va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler kiritilgan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’muriyati ma’lum qilishicha, Tramp Turkiya rahbariga Kengash faoliyatida “ta’sischi a’zo” sifatida ishtirok etish taklifi bilan maktub yo‘llagan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa kengash ijroiya qo‘mitasi tarkibi Isroil bilan kelishilmagani va mamlakat siyosiy pozitsiyasiga zid ekanini bildirgan.

 

 



														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

														
														AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSH prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
14:58 / 29.08.2026

														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

														
														Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026

														
														Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

														
														Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026

														
														AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

“Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blansh yakshanba kuni kechqurun prezident Tramp tarafdorlariga kompensatsiya to‘la…
17:29 / 03.08.2026

														
														Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi.
16:40 / 02.08.2026

Bu ham qiziq

Eron AQSHga ogohlantirish berdi: “O‘yin shartlari o‘zgardi”

Eron AQSHga ogohlantirish berdi: “O‘yin shartlari o‘zgardi”

Eron va AQSH o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar kuchayishi ortidan Tehron Vashingtonni ogohlantirdi. Eron tomoni keyingi hujum…
12:00 / 07.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan shimolidagi zarbalarida 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati…
15:10 / 06.09.2026
Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ilni qidirish ishlari davom etmoqda

Chorvoqda cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘ilni qidirish ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lini qidirish ishlari davo…
09:38 / 07.09.2026
Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijti…
10:45 / 08.09.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda havo ochiq bo‘lishi mumkin, yog‘ingarchilik kuti…
16:54 / 07.09.2026
Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida 210 ming AQSH dollari evaziga tuman hokimi lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi.…
12:07 / 08.09.2026
O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda qamalganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganlar soni 22 foizga o…
11:57 / 07.09.2026
Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Parijdagi Eyfel minorasida hindu diniy delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar ish joylarini tark etishga majburlangani…
12:51 / 08.09.2026
Vashington shtati gubernatori O‘zbekistonni Sietldagi Bosh konsulxona ochilishi bilan tabrikladi

Vashington shtati gubernatori O‘zbekistonni Sietldagi Bosh konsulxona ochilishi bilan tabrikladi

Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mam…
15:33 / 07.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!