$
12707.95 UZS
57.69
140.95 UZS
-1.01
14099.47 UZS
115.87
35° Kechasi 21°

Turkiyada yigʻinda boʻlgan rossiyalik va ukrainalik futbolchilar oʻzaro mushtlashib ketishdi (video)

12:28 / 15.02.2023

Turkiyaning Royal Seginus mehmonxonasida Rossiyaning “Shinnik” jamoasi futbolchilari Ukrainaning “Minay” klubi oʻyinchilari bilan mushtlashib ketishdi.

Rossiya manbalarining maʼlum qilishicha, ukrainalik sportchilar rossiyalik futbolchilar bilan bir mehmonxonada oʻquv-mashgʻulot yigʻinida yashashini bilib, oʻzini tajovuzkor tutib, ataylab janjal qoʻzgʻatgan.

Dastlab, Baza kanali 13-fevral kuni kechqurun ukrainaliklar “Shinnik” klubi boshligʻidan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilgani, shundan soʻng, u koʻchaga chiqib “orani ochiq qilishni” taklif etgani haqida yozgan. Kanalning maʼlum qilishicha, mehmonxona vakillari oraga tushib, janjalning oldini olgan.

Keyinroq Baza voqea boshqacha boʻlganini, ukrainaliklar ruslardan nega Rossiya rejimiga qarshi norozilikka chiqmaganligini soʻraganidan keyin janjal yuz berganini yozgan. Shundan soʻng har ikkala tomon liftda mushtlashib ketgan. Vaziyatga politsiya aralashib, mojaroni toʻxtatgan.

Ukraina manbalari voqealar boshqacha rivoj olganini yozdi. “Zerkalo Nedeli” gazetasining yozishicha, rossiyalik futbolchi mast holda mehmonxona xodimlariga qoʻpol munosabatda boʻlgan, ukrainaliklar unga tanbeh berganidan keyin janjal boshlanib ketgan.

Rossiyaning Mash telegram kanali mushtlashuvda toʻrt nafar rossiyalik sportchi jarohatlangani haqida xabar berdi. Futbolchilar shifokor koʻrigidan oʻtgan. Ulardan birining labi kesilgan, boshqasining barmogʻi singan, yana birining qovurgʻasi singani gumon qilinmoqda. Ukrainalik sportchilarning jarohat olgani haqida maʼlumotlar yoʻq.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari janjal takrorlanmasligi uchun mehmonxonada navbatchilik qilgan. “TASS” xabariga koʻra, futbolchilar politsiyaga ariza yozmaslikka qaror qilishgan. Yaqin kelajakda jamoalar turli mehmonxonalarga joylashtiriladi.

“RIA Novosti” xabariga koʻra, “Shinnik” klubi mehmonxona maʼmuriyatidan oʻz futbolchilarini ukrainalik futbolchilar bilan birga joylashtirmaslikni oldindan soʻragan, biroq 6-fevral kuni sodir boʻlgan zilzila tufayli Turkiya mehmonxonalarida joy yetarli emasligi aytilgan.

 



														
														Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiyada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kiri…
09:38 / 07.09.2024

														
														Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urib, tarixga kirdi

Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urib, tarixga kirdi

Millatlar ligasi birinchi tur uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
11:11 / 06.09.2024

														
														Parij-2024: O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarida 7-o‘ringa ko‘tarildi

Parij-2024: O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarida 7-o‘ringa ko‘tarildi

Parijda o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ortda qolgan uchinchi kungi musobaqalari o‘zbekistonlik paralimpiyachilar…
15:10 / 01.09.2024

														
														Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Krishtianu Ronaldu YouTube’da eng tez obunachilar yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
09:35 / 28.08.2024

														
														Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan Ronaldu YouTube’ni ham “zabt etmoqchi”

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan Ronaldu YouTube’ni ham “zabt etmoqchi”

Kecha, 21-avgust kuni portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu oʻzining rasmiy YouTube sahifasini ochdi. U qisqa …
10:50 / 22.08.2024

														
														Sitora Turdibekovaga ham uy sovg‘a qilindi

Sitora Turdibekovaga ham uy sovg‘a qilindi

Bu haqda tuman hokimligining matbuot xizmati xabar berdi
12:39 / 14.08.2024

														
														Yurak xurujiga uchragan To‘lqin Qilichevning ahvoli qanday?

Yurak xurujiga uchragan To‘lqin Qilichevning ahvoli qanday?

O‘zbekiston boks federatsiyasi To‘lqin Qilichevning holati haqida rasmiy ma’lumot berdi.
12:19 / 11.08.2024

														
														Parij-2024. O‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etishdi

Parij-2024. O‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi 206 ta mamlakat qatnashayotgan Olimpiya o‘yinlarida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
09:16 / 11.08.2024

														
														Parij-2024. O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 14-o‘ringa ko‘tarildi

Parij-2024. O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 14-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH mamlakatlari ichida birinchi, Osiyo qit’asida esa to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.
09:59 / 10.08.2024

														
														Parij-2024. Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medal uchun kurashadi

Parij-2024. Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medal uchun kurashadi

Bugun o‘z ishtirokini davom ettiradigan sportchilar ro‘yxati bilan tanishing.
09:25 / 10.08.2024

Bu ham qiziq

Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiyada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kiri…
09:38 / 07.09.2024
Har yili 2 millionga yaqin kishi vaboni yuqtirib olmoqda

Har yili 2 millionga yaqin kishi vaboni yuqtirib olmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi.
16:59 / 07.09.2024
Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Yozgi mavsumda metropoliten bir kunda 550-600 ming yo‘lovchini tashigan bo‘lsa, o‘quv jarayonlari boshlangach, bu ko‘rsatkic…
15:45 / 07.09.2024
Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif etildi

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif etildi

Rossiya davlat Dumasi Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Yaroslav Nilov migrant farzandl…
15:48 / 07.09.2024
O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd.ni tashkil etmoqda

O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd.ni tashkil etmoqda

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgan.
18:01 / 06.09.2024
Londonda Yelizaveta II haykali o‘rnatiladi

Londonda Yelizaveta II haykali o‘rnatiladi

Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar berdi.
17:36 / 06.09.2024
3 yoshli bolaning bosh shaklini to‘g‘rilash mumkinmi?

3 yoshli bolaning bosh shaklini to‘g‘rilash mumkinmi?

Afsuski, bu yoshda boshdagi o‘zgarishlarni to‘g‘rilash imkoni yo‘q.
11:19 / 07.09.2024
Jurnalist daraxtni quchoqlab rekord qo‘ydi

Jurnalist daraxtni quchoqlab rekord qo‘ydi

Ganalik 23 yoshli jurnalist Abdul Hakim Aval 24 soat-u 21 daqiqa davomida daraxtni quchoqlab turgan.
15:05 / 07.09.2024
“O‘zmetkombinat” xodimiga 70 mln so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi

“O‘zmetkombinat” xodimiga 70 mln so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi

Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
14:14 / 06.09.2024
Turistik agentliklar tomonidan yarim yilda 1,3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

Turistik agentliklar tomonidan yarim yilda 1,3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

Mazkur sohada eng katta ulush Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, 77,3 foizni tashkil etgan.
17:37 / 07.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!