$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Xitoydagi zamonaviy bogʻchalarning futuristik namunalari

10:20 / 05.12.2021

Bolalar bogʻchasi – kichkintoylar hayotining ilk yillari oʻtkaziladigan eng muhim joylardan biri, bu yerda bolalar ijod bilan shugʻullanishni boshlashadi va boshqa odamlar bilan ijtimoiy muloqot qilish orqali dunyoni tushunishga harakat qilishadi. Shu boisdan maktabgacha taʼlim muassasalari binosini loyihalashtirishga alohida eʼtibor berish kerak, chunki bolalarda kichik yoshlaridan boshlab shaxsiy sifatlar bilan birga estetik did va qobiliyat ham rivojlanadi. Xitoylik dizaynerlar bogʻchalar uchun fantastik obyektlarni yaratishda shu qoidaga amal qilishadi, ular bolalar har kuni ertalab zavq bilan yugurib keladigan, ota-onalar ham ketishni istamaydigan bogʻcha binolarini qurishni maqsad qilishadi.  


1. Chunsindagi “Tanzishi” bogʻchasi 

Футуристический детский сад умело интегрирован в холмистый ландшафт (Chongqing Danzishi Kindergarten, Китай).

Xitoyning eng mashhur arxitektura kompaniyalaridan biri – “NAN Architects” bu yil “Chongqing Danzishi Kindergarten” bogʻchasining qurilish ishlarini yakunladi, bir-biridan alohida qilib qurilgan binolar bogʻ landshaftiga uygʻunlashtirilgan. Shaxmat tartibida joylashtirilgan sinf xonlari oʻyin va oʻqish uchun moʻljallangan hududlar, ovqatlanish zali, yotoqxonalar bilan oʻziga xos infratuzilma hosil qilgan. Bogʻchada yam-yashil maysazor va oʻyin uskunalari oʻrnatilgan maxsus qoplamali joy ham bor. 

Классные и игровые комнаты, уличные площадки и террасы связаны, мостиками, переходами и даже горками (Tanzishi Kindergarten, Чунцин).


Bolalar bogʻchasi  tabiat qoʻynida joylashganligini hisobga olgan loyiha mualliflari ichki hudud va tashqi tomon oʻrtasidagi chegarani “olib tashlash”ga qoʻldan kelganicha harakat qilishgan, buning uchun binolarga katta deraza va shaffof qoplamalar oʻrnatilgan. 
“Tanzishi” bogʻchasi 18 ta korpusdan iborat boʻlib, hudud relyefi tufayli kaskad usulida qurilgan. Zamonaviy arxitektura ansamblining umumiy maydoni 5,4 kvadrat metrga teng.


2. Ordosdagi “Naheya” bolalar bogʻchasi 

Отдельно стоящие корпуса детского сада напоминают расположение юрт кочевых народов (Naheya Kindergarten, Ордос).

“WEI architects” arxitektura kompaniyasi mahalliy hudud, koʻp hollarda ichki Moʻgʻuliston deb ataladigan joyda yashovchi odamlar tomonidan berilgan buyurtmaga binoan oʻziga xos bolalar bogʻchasi – “Naheya Kindergarten” loyihasini ishlab chiqqan. U moʻgʻul bolalariga mahalliy odamlar madaniyatiga moslashib ketishga yordam berish maqsadida qurilgan. Turli yoshdagi bolalar oʻrtasida toʻlaqonli muloqot boʻlishi uchun ularni guruhlarga boʻlmasdan mashgʻulot oʻtiladigan ochiq maydon yaratilgan. Koʻchmanchi turmush tarzini afzal koʻradigan, tabiat va ozodlikni hamma narsadan ustun qoʻyadigan moʻgʻul xalqi mentalitetini hisobga olib, loyiha mualliflari bolalarning erkinligini cheklab qoʻymaslik uchun oʻziga xos arxitektura usullarini amalda qoʻllaganlar. 

Детям предоставлена максимальная свобода передвижения и выбора занятий (Naheya Kindergarten, Ордос).

Bir hil balandlikdagi korpuslar “osma” koʻprik va oʻtish yoʻlaklari bilan bogʻlangan, ulkan panorama derazalari poldan boshlanib, shiftda tugagan. Ochiq maydonlar, oʻyin va ijtimoiy muloqot hududlari, binoga tushadigan yorugʻlikni kuzatish uchun qurilgan tuynuklar bolalarning kuchli, mustaqil xarakterga ega boʻlib voyaga yetishlariga yordam beradi, ularga hech qanday cheklov va talablar qoʻymagan holatda tashqi dunyoni oʻrganishga undaydi.


3. Pekindagi “Yue Cheng Courtyard” bolalar bogʻchasi 

Новое здание детского сада образует «плавающую крышу», которая соединяет множество независимых пространств в единое целое (YueCheng Courtyard, Пекин).

Davrlarning haqiqiy uygʻunligini yaqinda foydalanishga topshirilgan “YueCheng Courtyard Kindergarten” bolalar bogʻchasida koʻrish mumkin, u koʻp yillar davomida qariyalar uyi boʻlib kelgan eski binoda joylashgan. 1725-yilda qurilgan binoni rekonstruksiya qilish va zamonga moslashtirish ishlari bilan “MAD Architects” arxitektura kompaniyasi shugʻullangan. Kompaniya davrlar hamda uslublarni uygʻunlashtirib, bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun oʻziga xos dunyo yarata oldi. Tarixiy binoning yorqin qizil rangli tomi qatʼiy va tartibli konstruksiyaga ega noodatiy obyektga yangi hayot bergan. Shu bilan birga zamonaviy elementlar qadimiylikka soya solmaydi, yosh avlodning tarixiy namuna va anʼanalar asosida kamol topishiga imkoniyat yaratadi.

Волнистая крыша образует своего рода марсианский ландшафт, заинтересовывая детей бегать, играть и общаться (YueCheng Courtyard Kindergarten, Пекин).

Maʼlumki, meʼmorchilik uslubi odamlar ruhiyatiga, ayniqsa bolalarga katta taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun anʼanaviy hududning goʻzalligi va nafosati bolalarda nozik didni shakllantirish va milliy madaniyatga hurmat hissini tanitishga yordam beradi. Fantastik uslubdagi tom qismida faol harakatlanish va undan turib atrofni tomosha qilish mumkin, tomda oʻyin maydoni va yashirin hududlar ham bor. 

Внутренние дворики отражают восточный взгляд на природу и красоту традиционной архитектуры (YueCheng Courtyard Kindergarten, Пекин).


4.Pekin shahridagi “Wujiachang” bolalar bogʻchasi 

За стенами необычного здания прячется современный детский сад одного из сальных районов Пекина (Wujiachang Kindergarten).


Pekinning tez surʼatda rivojlanib borayotgan Xaydyan tumanidagi “Wujiachang” bolalar bogʻchasining futuristik loyihasi arzon uylar joylashgan kichik tuman bolalari uchun moʻljallangan edi. Bogʻcha qurish uchun ajratib berilgan hududning oʻta katta emasligini hisobga olsak, nima uchun uni iloji boricha balandroq koʻtarishga harakat qilganlari tushunarli boʻladi. 

Футуристические формы бетонных архитектурных элементов ультрасовременного детского сада у многих вызывают недоумение (Wujiachang Kindergarten, Пекин).

“Atelier Fronti” studiyasi mutaxassislari konsol  texnologiyasidan foydalangan holda bir nechta bloklarni ustma-ust joylashtirishga muvaffaq boʻlishgan, bu toʻqqizta guruhni sigʻdira oladigan binoni qurish va uning ichiga kerakli hududlarni joylashtirishga imkon berdi. Shu bilan birga oʻyin zallari va oʻquv xonalari bolalarni kunduzgi yorugʻlikdan mahrum qilmaslik uchun binoning janubiy qismida joylashgan, shimoliy tomondagi devorlarga esa zinalar va oʻtish yoʻllari joylashtirilgan. 

Оригинальное оформление лестничного марша в овальном объеме, интегрированном в конструкцию здания (Wujiachang Kindergarten, Пекин).


5. Pekindagi “The Playscape” bolalar jamiyati markazi 

Вся территория бывшего зернохранилища превращена в гигантский игровой комплекс для детей всех возрастов (Children’s Community Centre The Playscap).

Har jihatdan oʻziga xos boʻlgan “Childrenʼs Community Centre The Playscap” bolalar jamiyati markazi bu yil ochilgan, u juda tez vaqt ichida Pekinning sanoat hududidagi eng mashhur muassasaga aylandi. Noyob arxitektura kompleksi bolalar uchun maxsus qurilmagan, u eski don ombori boʻlgan, oʻtgan asrning 70-yillaridan boshlab har hil vazifalarni bajargan.

Устроителям удалось приобщить к развивающим играм не только детей, но и их родителей (The Playscape, Пекин).

Taʼmirlash vaqti kelganida bu joyni turli yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan taʼlim markaziga aylantirish qarori qabul qilindi. Bolalar bu yerda dunyoni oʻyinlar orqali anglashlari, oʻzlarida jasorat va epchillik bilan birga ijodiy potensialni ham rivojlantirishlari mumkin edi. Xitoylik arxitektorlar rejalashtirish masalasiga chuqur yondashdilar, arxitektorlar, dizaynerlar, muhandislardan iborat boʻlgan asosiy guruhdan tashqari ishga turli yoshdagi bolalarning harakat bilan bogʻliq rivojlanishlari boʻyicha ishlovchi shifokor reabilitologlar ham jalb qilindi. 

Для детей из близлежащего сада также организованы игровые зоны и учебные классы (The Playscape, Пекин).

Mutaxassislar va ota-onalarning birgalikdagi mehnati tufayli bolalarda oʻzaro muloqot qilish, rivojlanish, dam olish, oʻyin maydonlarida vaqt oʻtkazish, labirintlar, sirpanchiqlar, quvurlar, koʻpriklar, yoʻlaklar, qoʻrgʻonlar, trenajyorlar, bekinmachoq oʻynaydigan joylar bilan toʻla maydonchaga kelish imkoniyati paydo boʻldi. 
Bu yerga kelgan ota-onalar ham oʻyin jarayoniga shunchalik kirishib ketishadiki, endi bola emasliklarini unutib qoʻyishadi, bolalari bilan birga vaqt oʻtkazishga ulgurmaslik muammosi ham esdan chiqadi. Taʼkidlash joizki, ushbu markaz hududga yaqin joylashgan bolalar bogʻchasi va shahar bogʻi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlangan.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun, Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
16:41 / 26.10.2026
Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus Tojikiston fuqarolariga oyiga 750 dollardan 1 200 dollargaça maoş bilan işlaş imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda…
16:35 / 26.10.2026
Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan yangi milliy kino…
17:47 / 26.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!