$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

Xoinlikda ayblanib, badarg‘a qilingan millat. Stalin Qrim tatarlarni nima uchun quvg'in qilgan?

13:35 / 19.05.2022

Choʻlda oʻrmalab yurgan jonivorlar ham tugʻilishi bilan oʻz makonlarini biladilar. Havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham oʻz oshyonlarini his qiladilar, Afsuski baʼzi xalqlar oʻtgan asrning geosiyosiy sabablari bois oʻzi tugʻilgan yerlaridan badargʻa qilindi.

Mana shunday geosiyosiy maqsad yoʻlida bundan roppa-rosa 78 yil avval Stalinning topshirigʻi bilan 250 mingga yaqin Qrimning tatar va turk xalqlari oʻz ona yerlaridan badargʻa qilinib Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikistonga majburan koʻchirib yuborilgan edi. Bugungi maqolamizda ana shu voqea haqida hikoya qilamiz.

Vatandan quvg‘in qilinish

1944-yil 8-aprel sanasida Sovet armiyasi Qrimni fashistlardan ozod qilish maqsadida hujum operatsiyasini boshladi. Ushbu hujum 12-may kunigacha davom etdi. 11-may kuni Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalin mudofaa qoʻmitasining GOKO-5859-sonli farmonini imzoladi. Farmonda zudlik bilan Qrim tatarlarini Qrim hududidan koʻchirib yuborilishi aytilgan edi. Bunga sabab esa Qrimning tatar aholisining muhim qismi fashist bosqinchilari bilan faol hamkorlik qilgani va Sovet hokimiyatiga qarshi kurashgani edi. Biroq ular oʻz ozodligi uchun kurashgandi. Ushbu vazifa Stalinning “jallodi” boʻlgan Davlat xavfsizligi bosh komissari Lavrentiya Beriiga topshirildi.

Operatsiya 18-may kuni erta tongdan boshlanib, 20-may kunigacha davom etdi. Maʼlumotlarga koʻra, deportatsiyani amalga oshirish uchun 32 mingta NKVD xodimi jalb etilgan. Odamlarga narsalarini yigʻish uchun atigi yarim soat vaqt berilgan. Ularga shaxsiy buyumlar, kiyim-kechak, roʻzgʻor buyumlari va oziq-ovqatdan iborat 500 kilogrammcha yuk olishga ruxsat berilgan boʻlsa-da, ammo amalda juda kam narsalar olingan. Ushbu voqeaga guvoh boʻlganlarning soʻzlariga koʻra, qarshilik koʻrsatgan yoki yura olmay qolganlarni baʼzi joylarda otib tashlashgan.

Deportatsiya qilinganlarni tashib ketish uchun 70 ta eshelon ajratildi. 19-may kuni Qrimda deyarli birorta Qrim-tatar qolmadi. NKVD maʼlumotlariga koʻra, jami 193 865 Qrim-tatarlar deportatsiya qilingan. Ulardan 151 136 nafari Oʻzbekistonga, 8 597 nafari Mari ASSRga, 4 286 nafari Qozogʻistonga deportatsiya qilingan boʻlsa, qolgan qismi Molotov (10 555), Kemerovo (6 743), Gorkiy (5 095), Sverdlov (3 594), Ivanov (2 800), Yaroslavl (1 059) oblastlariga majburiy ishlarda ishlatish uchun olib ketilgan.

Deportatsiya jarayoni turli manbalarda turlicha yoritilgan. Masalan rus manbalariga koʻra, SSSR Savdo xalq komissarligi bir kishiga kunlik normadan kelib chiqqan holda (702 kunlik) mahsulot ajratgan. Kunlik norma quyidagicha; non - 500 gramm, goʻsht va baliq - 70 gramm, don 60 gramm, sariyogʻ 10 gramm. SSSR Sogʻliqni saqlash xalq komissarligi har bir eshelonga maxsus koʻchirilayotganlardan boʻlgan bitta shifokor va ikkita hamshira dori-darmon bilan taʼminlagan. Biroq guvohlarning taʼkidlashicha, oziq-ovqat, suv va tibbiy yordamdagi kamchilik bois yoʻlda koʻplab insonlar halok boʻlgan. Har bir stansiyada vagon eshiklari ochilib, yoʻlda halok boʻlgan insonlarning jasadlari bekatlarda olib qolingan. Hatto, dafn uchun ruxsat berilmagan. Tez orada insonlar tif isitmasi, bezgak, qoʻtir kasalligi bilan kasallana boshlagan. Bundan tashqari ularga issiq kiyimlar berilmagan.

SSSR Davlat xavfsizligining bergan maʼlumotiga koʻra, yoʻlda 191 kishi halok boʻlgan. Biroq boshqa maʼlumotlarga koʻra, yoʻl vaqtida kamida 8000 Qrim tatarlari poyezdlarda ochlik va kasallikdan halok boʻlgan. Rus manbalari oʻlim holatlarini tabiiy oʻlim bilan taqqoslab, bunga koʻchirilayotganlar orasida yoshi katta bo‘lgan odamlar koʻp boʻlganini sabab qilib koʻrsatilgan.

Ushbu voqeaga guvoh boʻlgan Refat Kurtiyev yoʻlda oʻtgan kunlarni shunday eslaydi:

“Har kuni tongda salom oʻrniga haqorat va bitta savol: oʻliklar bormi? Odamlar oʻliklarga yopishib oladi, yigʻlaydi, bermaydi. Askarlar kattalarning jasadlarini eshikdan, bolalarniki esa derazadan uloqtirilar edi…

Tibbiy yordam yoʻq edi. Oʻliklarni bekatlarda qoldirishardi, dafn etishga qoʻyishmasdi.

Tibbiy yordam haqida gap ham boʻlishi mumkin emasdi. Odamlar suvni hovuzlardan ichishar va zaxira uchun olishardi. Suvni qaynatishga imkoniyat yoʻq edi. Odamlar dizenteriya, ich qotishi, bezgak, qoraqoʻtir, bitlar bilan kasallanishni boshladi. Havo issiq edi, doimiy chanqoq qiynardi. Marhumlarni yoʻlda qoldirishdi, ularni hech kim koʻmmadi”.

Deportatsiya sabablari

SSSR rasmiylari Qrim tatarlarining ommaviy deportatsiya qilinish sababi sifatida ularning nemislar bilan hamkorlik qilgani va ular safida jang qilganini keltiradi. Tarix fanlari nomzodi Sergey Gromenkoning aytishicha, nemislar bilan hamkorlikda Qrim-tatarlardan 3500 ga yaqin kishi jalb qilingan.

SSSR Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari Anastas Ivanovich Mikoyan oʻz xotiralarida Stalinning xalqlarni butunlay deportatsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini taʼriflagan:

“Nemislar bu xalqlar yashagan hududlardan quvib chiqarilgandan keyin ham Stalin butun xalqlarni quvib chiqarishga erishganligi menda tushkun taassurot qoldirdi.

Men bunga eʼtiroz bildirdim. Ammo Stalin buni bu xalqlarning sovet hukumatiga sodiq emasligi va nemis fashistlariga hamdardligi bilan izohladi. Qanday qilib butun xalqlarni deyarli xiyonatda ayblash mumkinligini tushunmadim. Chunki partiya tashkilotlari, kommunistlar, dehqonlar ommasi, sovet ziyolilari ham bor! Nihoyat, koʻpchilik armiyaga safarbar qilindi, ular frontda jang qildilar, bu xalqlarning koʻplab vakillari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini oldilar!

Ammo Stalin oʻjar edi. Va u bu xalqlar yashaydigan har bir joyni koʻchirishni talab qildi ...

Butun xalqni xiyonatda ayblab boʻlmaydi, garchi ruslar yoki ukrainlar, armanlar va boshqalar orasida keyinchalik nemislar xizmatiga oʻtgan baʼzi reaktsion elementlar boʻlgan. Ammo bular kam edi, ularni aniqlash, kuzatish, ishlarini tekshirish mumkin edi”.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Stalin Qrim tatarlarni Qora dengizga choʻktirib yubormoqchi boʻlgan.

Qrim tatar xalqi uchun eng ogʻir sinov 1946–1947 – yillarda SSSRda keng koʻlamli ocharchilik paytida yuz berdi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, 1,5 millionga yaqin odam halok boʻlgan boʻlsa, shundan 16 mingga yaqini Qrim tatarlari boʻlgan. 

Reabilitatsiya

SSSR Vazirlar Kengashining 1947 yil 21 noyabrdagi qarori va Oliy Kengash Prezidiumining 1948 yil 26 noyabrdagi qarori bilan maxsus koʻchirilgan ustidan qattiq nazorat oʻrnatilgan. Agar koʻchirib keltirilgan odam surgun joyini ruxsatsiz tark etsa, unga 1 yil qamoq jazosi berilgan.

Stalin vafotidan keyin asossiz koʻchirilgan xalqlarni oʻz vataniga qaytarish va davlatchiligini tiklash boʻyicha komissiya tashkil etildi. 1967-yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining “Qrimda ilgari yashagan tatar millatiga mansub fuqarolar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Uning 1-bandiga koʻra, Qrim tatarlariga nisbatan barcha ayblovlar bekor qildi. Hujjatning 2-bandiga koʻra, koʻchirib keltirilganlarga fuqarolik pasporti berilib, ularga tekinga yer va uylar berilgan.

1989-yil 15-noyabrida SSSR Oliy Kengashi tomonidan Qrim tatarlari va boshqa xalqlarning deportatsiya qilinishi noqonuniy deb topildi va jinoyat deya baholandi.

Bir vaqtlar oʻz ona yurtidan badargʻa qilingan Qrim tatarlarining Vatanga ommaviy qaytishi SSSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 11-iyuldagi 666-sonli qarori bilan boshlandi. Maʼlumotlarga koʻra, qaytish boshlangan dastlabki toʻrt yilda jami 250 ming kishi oʻz yurtiga qaytib kelgan.


Qiziqarli


														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

														
														AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

														
														Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi.
11:14 / 19.07.2026

														
														AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSh da 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangani aniqlandi

AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Hamden qishlog‘idagi xaroba uydan to‘rt yil davomida bitta xonada yashashga majbur qiling…
15:02 / 02.07.2026

														
														Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Astronomlar hajmi jihatidan deyarli Yupiterga teng, ammo zichligi paxtaqanddan ham past bo‘lgan ikkita noyob sayyorani kashf…
10:05 / 27.06.2026

														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab ayrim mutaxassislarga har …
14:23 / 16.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida oltita jamoa bilan ishtirok etmoqda. 1-turda erkaklarning uchta jamoasi Yama…
08:25 / 17.09.2026
Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisb…
10:44 / 15.09.2026
Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!