Gurlan tumanida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin syex faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd eilishicha, Departament hamda DXXning Gurlan tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M.ga “Damas” rusumli avtotransport vositasida 7 xil turdagi jami 294 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 60 litr etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, X.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro A.A. jami 460 dona bir xil raqamli alkogol mahsuloti aksiz markasini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!