$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Xorazmda qalbaki alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

11:29 / 01.07.2022

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida aksiz markali tamaki va alkogol mahsulotlari sotayotgan “savdogar” aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Oʻ.S.” xususiy korxonasining Gurlan tumanidagi savdo doʻkonida aksiz markasiz 588 quti “Esse Change”, “Bisness Royals”, “Mond”, “Milano Tech”, “Milano Paris”, “Milano London” va “Milano Red” nomli tamaki mahsulotlari, shuningdek qalbaki aksiz markali 314 dona “Qarataw”, “Sobranie”, “Roberto Cavallia”va “Bionica” nomi ostidagi qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Yangi bozor tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.A.” xususiy korxonaga qarashli savdo doʻkonida qalbaki aksiz markali 240 dona “Diplomat”, “Qaratav”, “Sheryurak” va “Dobriy vecher” nomi ostidagi qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

Ikkala holatlardagi mahsulotlar ham ashyoviy dalil sifatida olingan. Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Bu ham qiziq

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorovning bir necha oy avval Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasini es…
16:57 / 29.09.2026
Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026
O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi…
10:35 / 30.09.2026
Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026
30-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:06 / 29.09.2026
Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritab…
12:24 / 02.10.2026
Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyada shifokorlar bemorning sog‘lom qulog‘ini operatsiya qildi

Turkiyaning Kojaeli shahrida shifokorlar bemorning kasallangan o‘ng qulog‘i o‘rniga sog‘lom chap qulog‘ida jarrohlik amaliyo…
10:31 / 30.09.2026
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinf o‘quvchilarining olimpiada…
14:14 / 30.09.2026
14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026
Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!