$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Yil yakuniga qadar “Mehribonlik uylari”dagi 350 nafar bola uy-joy bilan ta’minlanadi

15:43 / 29.04.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bayrami arafasida ehtiyojmand aholimizning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqamiz.

Biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni bartaraf etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgiladik.

Bu siyosat bugun biz barpo etayotgan xalqparvar va adolatli davlatning asosiy xususiyatiga aylanmoqda.

Bugungi muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolg‘iz va ehtiyojmand bo‘lgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga e’tibor ko‘rsatish, holidan xabar olib, dardiga malham bo‘lish, o‘ylaymanki, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi”, deydi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

Shuningdek, yig‘ilishda oxirgi yillarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgani ta’kidlangan. 

Ushbu tizimga muvofiq, jumladan: 

– “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga yetishi uchun sharoit yaratildi.

Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;

– o‘tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan ta’minlandi, 2022-yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;

– davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi;

– o‘tgan yili 42 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarga olib berildi;

– o‘tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan ta’minlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko‘rsatiladi;

Shuningdek,  4 ming nafar ko‘zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.


Bu ham qiziq

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!