2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldi. Dramatik ruhda kechgan uchrashuvda hisobni 20-daqiqada yaponiyalik Kayshu Sano ochdi. Braziliya ikkinchi bo‘limda javob qaytardi.
Avvaliga 56-daqiqada Kazemiro hisobni tenglashtirdi, so‘ngra 90+6-daqiqada Gabriel Martinelli g‘alaba golini kiritib, jamoasiga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, Braziliya guruh bosqichini «C» guruhida birinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Yaponiya «F» guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan edi.
Endi Braziliya 1/8 finalda Norvegiya — Kot-d’Ivuar uchrashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yin 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Braziliyaning nimchorak final uchrashuvi esa 5 iyul kuniga belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!