Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Paragvay safida 42-daqiqada Xulio Ensiso hisobni ochgan bo‘lsa, Germaniya tarkibida 54-daqiqada Kay Havers muvozanatni tikladi. 102-daqiqada Germaniyaning kiritgan goli VAR tekshiruvidan so‘ng bekor qilindi.
Penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mazkur uchrashuvda Paragvay o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichida gol urdi.
Germaniya darvozaboni Manuel Noyer esa Jahon chempionatida ketma-ket o‘ninchi o‘yinida gol o‘tkazib yuborib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha antirekordni takrorladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!