Qirg‘izistonda prokurorlar “75 maktub” ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilarga 9 yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Ayblanuvchilar orasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev ham bor. Bu haqda AKIpress xabar berdi.
29-iyun kuni Bishkekdagi Pervomay tuman sudida hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rish ayblovi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda prokurorlar barcha ayblanuvchilarni aybdor deb topish va ularni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Ayblanuvchilar orasida Qamchibek Tashiyev, deputat Kurmankul Zulushev, Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li hamda hibsga olingan besh nafar siyosatchi bor. Xususan, Bekbolot Talgarbekov, Emilbek Uzoqboyev (Qirg‘izistonning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri va O‘zbekistondagi sobiq elchisi), Aali Karashev, Kurmanbek Diykanbayev va Kursan Asanov tergov hibsxonasidan sudga olib kelingan.
“75 maktub” ishi Joriy yil fevral oyida 75 nafar fuqaro prezident Sadir Japarov va Jogorku Kenesh raisiga muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni so‘rab murojaat yo‘llagan edi. Keyinchalik murojaat mualliflari qo‘lga olinib, ayrimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur voqeadan so‘ng Qamchibek Tashiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Prezident Sadir Japarov esa Tashiyevning “75 maktub”ga aloqadorligiga huquqiy bahoni tergov va sud berishini ma’lum qilgan. 29-iyun kungi sud majlisida Qamchibek Tashiyev prokurorlarni ayblovdan voz kechishga chaqirdi. Advokatlar bu taklifni qo‘llab-quvvatladi, biroq prokuratura vakillari bunga munosabat bildirmadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!