$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Yuz terisida kana?! Shunaqasi ham boʻladimi?

16:25 / 16.02.2022

“Teri kanasi” xastaligi haqida bilarmidingiz? Nomi anchayin vahimali tuyuladi. Ammo, uni uy hayvonlarida uchraydigan kana bilan adashtirmang. Biz bilgan kanadan farqli oʻlaroq, teri kanasi oʻta kichik hajmli boʻladi va qon soʻrish xususiyatiga ega emas. Biroq ancha-muncha noqulayliklar tugʻdirishi mumkin. Bu tibbiyot tilida “Demodekoz” deb nomlanadi.

Belgilari qanday?

Yuzingiz qichishib, teringiz qalinlashyaptimi, yalligʻlanishlardan charchadingizmi? Iyaklar, peshona, umurtqa atrofida shish va qizarishlar bormi? Koʻz atrofida achishish, qovoqda esa qizarish, qichishish va shish paydo boʻldimi? Kiprigingiz toʻkilib, koʻz atrofida oqish ajralmalar paydo boʻlishi ham teri kanasi alomatlaridan hisoblanadi. Agar yuqoridagi belgilar sizni anchadan buyon bezovta qilib kelayotgan boʻlsa, dermotolog- kosmetolog shifokorga murojaat qiling.

Yuz terisiga oid bu muammo asosan terining yogʻ almashinuvi buzilganida, stress va immunitet tushib ketganidan paydo boʻladi.

Ushbu mikroskopik kanalar terining yogʻ qatlamida yoki tuklar ildizida, teri hujayralari bilan oziqlanib kun kechiradi.

U koʻzga koʻrinmas darajada kichik boʻlgani tufayli (0,4-0,5 mm), bor-yoʻqligini kattalashtirib koʻrsatuvchi mikroskoplar yordamidagina aniqlasa boʻladi. Buning uchun esa kosmetikadan holi, toza teridan ozroq namuna olish kerak. Ayrim holatlarda qonning umumiy biokimyoviy tahlili ham buyurilishi mumkin.

Davosi bormi?

Odatda teri osti kanasini dermatolog shifokor aniqlab, turiga qarab davo choralarini tavsiya etadi. Bu xastalik asosan dori-darmon vositalari bilan davolansa-da, qoʻshimcha sifatida kosmetologik va fizioterapevtik muolajalar ham tavsiya etiladi.

Shuningdek, undan butunlay xalos boʻlish uchun yuz terisini kuniga 2-3 bor tozalash tavsiya etiladi. Doimiy ravishda piling muolajasiga murojaat qilish, uy sharoitida maxsus losyon va surtmalardan foydalanish, yuzni faqat bir martalik salfetkada artish va ushbu salfetkani tashlab yuborish, terini toza saqlash va gigiyenaga doimiy ravishda rioya qilish lozim.

Onalarimiz bejizga “Dugonangning upasidan foydalanma, lab boʻyogʻini surtma” deb taʼkidlashmaydi. Mikroorganizmlar aksariyat hollarda aynan shu vositalar orqali yuzga oʻtishi mumkin.

Kanalarning koʻpayishiga par yostiqlar katta hissa qoʻshadi. Shu sababli bemorlarga sinteponli yostiqlarda yotish tavsiya etiladi. Koʻchada, jamoat joylarida yurganingizda qoʻlingiz bilan hamma joyni ushlab yurasiz, pul sanaysiz, eshik tutqichlarini ushlaysiz va oxirida yuzingizga tegasiz. Koʻpincha mana shu holatda xam demodeksni yuqtirib olishingiz mumkin.

Oʻzingizni ehtiyot qiling!


salomatlik


														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

														
														Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.
14:30 / 03.11.2024

Bu ham qiziq

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:35 / 14.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaga…
10:49 / 14.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025
AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

“Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni bir qator bitimlarni imzoladi, unga ko‘ra Ar-Riyod Amerika kompaniyalari va iqtisodi…
08:27 / 14.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!