$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Zamonaviy dunyoda fotografiyaning qanday ahamiyati bor?

17:42 / 15.01.2023

Fotografiya bu hissiyotlar darajasida gapiradigan va tarjimon talab qilinmaydigan til. Bundan tashqari, ushbu til juda kuchli. Ba’zan tomoshabinda shunday hayajonni, shunday his-tuyg‘ular bo‘ronini keltirib chiqaradiki, ba’zi hollarda odam yig‘lay boshlaydi, boshqalarida esa baland ovozda va samimiy, chin yurakdan, kulib yuboradi...

Fotosurat tili nafaqat hikoyani aytib berishi, balki ma’lum bir shaxs, oila yoki butun insoniyat uchun qadrli bo‘lishi mumkin. Fotosurat bizga dunyoni ikkinchi marta suratga olingani kabi ko‘rsatadi va bu muhrlangan boyliklar biz bilan abadiy qoladi.

1. Fotosuratlar biz uchun nima muhimligini aytadi

Agar siz biror kimdan o‘z esdaliklarini qay holatda saqlab qo‘yishi haqida so‘rasangiz, raqamli shaklda oilaviy suratlar yozilgan fotoalbom, kompakt disk yoki flesh xotira orqali, degan javobni beradi. Aniqki, inson har doim o‘zi uchun eng qadrli bo‘lgan narsaga intiladi va ko‘pincha bu pul yoki zargarlik buyumlari emas, balki yaqinlarining fotosuratlari, o‘tmishdan bir parcha, o‘tgan hayot kunlarining bir qismini o‘z ichiga olgan rasmlar bo‘ladi.

Suratga olish orqali biz hayotimizni hujjatlashtiramiz. Biz uning eng muhim daqiqalarini tarixga muhrlaymiz. To‘y va yubileylar, farzandlar tug‘ilishi, yangi uyga ko‘chib o‘tish, shahar va mamlakatlardagi bayramlar va hokazo.

Bularning barchasi biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu suratlar biz va oilamiz tarixidir. Har birimiz hayotning turli yillarida suratga tushamiz. Yuzlab, minglab kadrlar har birimizning hayot hikoyamizga asta-sekin qo‘shilib boradi.

2. Fotosurat insoniyat merosining bir qismidir

Har birimizda maktabning 1-sinfini tamomlayotgan vaqtimizda suratga olingan sinfdoshlar va o‘qituvchilardan iborat “vinetka” bor. Axir, o‘sha paytda biz kamera ob’yektiviga qarab, abadiylikka muhrlanganimiz haqida o‘ylamagan edik! Ammo bu maktab fotosuratlari bizdan ko‘ra uzoqroq yashaydi...

Ko‘p yillar o‘tgach, chordoqda yoki eski jovonlarda, sarg‘ayib ketgan qog‘ozlar to‘plami orasida bizning bolalarimiz yoki nevaralarimiz ushbu fotosuratlarni topib, ota-bobolarini taniydilar. Ular otalari va onalari, buvilari va bobolarining juda yosh paytdagi holatini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu fotosuratlarning ahamiyati har birimiz uchun juda ulkan. Axir, ular o‘tgan hayotning ma’lum vaqt sukutlangan lahzasini aks ettirgan bo‘ladi. Oilaviy suratlar esa hayotimizning eng baxtli onlari aks etgan qimmatli manba hisoblanadi.

3. Rasmlar muloqot qilishimizga yordam beradi

Fotografik tasvir shunchaki olingan rasmga qaraganda ancha muhimroq, jiddiyroqdir. Fotosurat bizning qalbimizdagi eng yashirin, eng chuqur, inson tabiatining eng yaxshi, eng mehribon, eng saxovatli tomonlarini qamrab oladi. Fotosurat har doim bizni muhim, qiziqarli va eng asosiy, deb hisoblangan narsalarni boshqalar bilan baham ko‘rishimizga undaydi.

Internetda odamlar o‘z fotosuratlarini baham ko‘radigan ko‘plab saytlar mavjud. Bu fotosuratlar juda xilma-xil: ba’zan ular juda shaxsiy, hissiyotli, ehtirosli, qayg‘uli, g‘alati va kulgili bo‘lishi mumkin. Ba’zan ular qiziqarli joylarni, qiziqarli odamlarni tasvirlaydi... Bunday fotosuratlar yordamida biz boshqalar bilan o‘z taassurotlarimizni almashamiz. Biz nimani boshdan kechirayotganimiz haqida hech qanday izohsiz boshqalarga ma’lumot berishimiz mumkin.

4. Fotografiya har birimizning ijodkorlik qobiliyatini ochib beradi.

Fotografiya bugungi kunda texnik jihatdan qulay bo‘lib qoldi, u bizga o‘zimizni ifodalash uchun ajoyib imkoniyat beradi. Xuddi tasviriy san’at orqali o‘zini namoyon qilish kabi. Ko‘pchiligimiz kamerani olib, bolalarning yuzlari naqadar shirin va musaffo, keksalarning nigohi naqadar dono, atrofimizdagi tabiat kengliklari naqadar go‘zal, ongimiz oltin kuz rang-barangligidan hayratlanayotganini payqaymiz va darhol chiroyli manzarani suratga olishga intilamiz. Shunday damlarda biz o‘zimizni ijodkor, san’atkordek his qila boshlaymiz.

5. Fotografiya – juda murakkab til

Fotografiya orqali uning muallifi inson tuyg‘ularining butun palitrasini ifodalashi mumkin. Ajablanish, hamdardlik, quvonch, qayg‘u, muloyimlik va hokazo. Ko‘plab insoniy tuyg‘ularni bir kadrda aks ettirish mumkin. Misol uchun, bulutli kunda suratga olingan manzarani hamma ham qadrlamaydi. Ko‘pchilik atrofdagi tabiatni rang-barang holatda ko‘rishni xohlaydi. Ammo atrofda yorqin va to‘yingan ranglar bo‘lmasa, bu suratga olish tavsiya etilmaydi, degani emas! Shunchaki, bu manzarada hayot boshqacha: sokin va osoyishta. Agar bo‘ron yoki momaqaldiroq suratga olinsa, o‘sha yerda tabiatning qudratini ko‘rish mumkin!

Agar yaqinlaringizdan birida to‘satdan qayg‘uli kayfiyat paydo bo‘lsa – unga yorqin va kayfiyat ko‘taruvchi fotosuratlarni ko‘rsatish talab etiladi.

Fotosurat ba’zan so‘z boyligimiz tugasa, jumlalar bilan ifodalab bo‘lmaydigan narsalarni tushunish imkonini beradi. Fotografiya biz bilan o‘zining vizual tili orqali “gaplashadi”.

6. Fotografiya bizni o‘zgartiradi

Fotosurat har doim insonning e’tiborini tortadi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning his-tuyg‘ulari haqida gapiradi. Masalan, harbiy fotosuratlar yoki fojialar, tabiiy ofatlar paytida olingan suratlarga qarang. Shunday tasvirlardan biri, yordam so‘rab yig‘layotgan odamning bir ko‘zi shunchalik ko‘p narsani ayta oladiki, uni ifoda qilishda yuzlab so‘zlardan foydalanishga to‘g‘ri kelishi mumkin. U yanada nozikroq – ongimiz darajasida ishlaydi. Qayg‘u, baxtsizlik, fojia hayotimizdagi rang-barang va go‘zal xotiralarni yuvib tashlaydi. Bunday fotosuratlarda rang, yorug‘lik va quvonchni tiklashning yo‘li yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Ushbu fotosuratlar bizning fikrimizni o‘zgartiradi. Bu jiddiylik va hayotiy haqiqat, shunga qaramay, bizni asosiy maqsad sari yetaklashi mumkin.

Qayg‘uli daqiqalarda fotografik tasvir bizda ajoyib kelajakka umid uyg‘otishi mumkin. Kelajak uchun, unda ham rang-baranglik, ham yorug‘lik paydo bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!