$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

Toshkentda 81ta daraxtni noqonuniy kesgan firma qariyb 2 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortildi

14:18 / 23.02.2020

Jinoyat natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m miqdoridagi zarar ayblanuvchilardan undirildi.

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” mahallasida joylashgan 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oralig‘idagi maydonda mavjud ko‘p yillik 81 ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 18-apreldagi 608-sonli qaroriga asosan, “Building And Supplies” MChJga “Yunus Rajabiy” mahallasi 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oralig‘ida 0,5 gektar yer maydoni ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

Ushbu qaror shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgani uchun shahar prokurori tomonidan 2018 yil 4 iyulda protest keltirilgan.
Shahar hokimining 2018-yil 17-iyuldagi 1053-sonli qaroriga ko‘ra, protest qanoatlantirilgan va 608-sonli qaror bekor qilingan.

Bu holatdan norozi bo‘lgan “Building And Supplies” MChJ hududiy ma’muriy sudga ariza bergan va Bektemir tumani ma’muriy sudining 2018-yil 12-noyabrdagi qarori bilan shahar hokimining 1053-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.
“Yunus Rajabiy” mahallasida yashovchi aholining shahar hokimining 608-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi Chilonzor tumani ma’muriy sudiga kiritgan arizasi, sud tomonidan 2019 yil 11 dekabrda rad qilingan. Ushbu sud qarori 2020-yil 27-yanvarda Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilgan va o‘zgarishsiz qoldirilgan.

“Building And Supplies” MChJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 ta daraxtlar qonunga zid ravishda kesilganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 mln. so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2020-yil 22-fevralda Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 198-moddasi 2-qismi bilan Yakkasaroy tumani hokimligi va “Building And Supplies” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi. 
Dastlabki tergovda 2 nafar ayblanuvchilardan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m moddiy zarar undirildi va ularga garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

“Yunus Rajabiy” mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib “Lipa”, “Beryoza”, “Kashtan” va “Pavloniya” daraxtlari ekilishi tashkil qilindi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berildi. Viloyat harbiy ma’muriy…
14:19 / 16.09.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqar…
10:32 / 15.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisb…
10:44 / 15.09.2026
“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026
Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonun 12-sentabrdan kuchga kirdi.
17:15 / 14.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!