O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab ayrim mutaxassislarga har oylik ustamalar to‘lanadi. Bu haqda tegishli farmonda belgilangan.
Unga ko‘ra:
oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlarga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari;
magistraturani tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga — 2 baravari;
bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga — 1 baravari miqdorida ustama beriladi.
Shuningdek, 2027–2028-o‘quv yilidan tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tartibi ham o‘zgaradi. Jumladan, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga qabul bekor qilinadi.
Tibbiyot oliygohlariga kirish uchun minimal o‘tish bali maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlash esa faqat rezidentura orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, “tibbiy hamrohlik ishi” va “oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishlari joriy etilib, rezidentura talabalari uchun stipendiya miqdori ham oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!