AQSh koronavirusdan olti kishi vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
JSST Xitoyda boshlangan epidemiya jahon davlatlari bo‘ylab tarqalayotganidan xavotirda. Tashkilot davlatlarni infeksiya tarqalishini oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
JSST direktori Tedros Gebreisus dushanba kungi brifingda dunyo koronavirus bilan “noma’lum hudud”da qolganini aytgan.
Tedros Gebreisus AQShda yana to‘rt o‘lim holati qayd etilganini aytgan. Ularning ko‘pchiligi Sietldan bo‘lgan va virus alomatlari bir necha hafta davomida aniqlanmagani ortidan sodir bo‘lgani aytilmoqda. AQShda koronavirus bilan og‘riganlar soni 105 kishini tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3-mart holatiga koronavirusga chalinganlar soni 90936 tani tashkil qilgan. 47995 nafari undan forig‘ bo‘lgan bo‘lsa, 3117 kishi o‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!