Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi bo‘lgan uyga o‘t qo‘ygan. Sud hukmi bilan u 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma’lum qilinishicha, yigit sherigi bilan birga buvisining uyidan pul o‘g‘irlashni rejalashtirgan. Biroq ayol uyiga qaytib kelib, o‘g‘rilik sodir bo‘layotganini ko‘rgan va nabirasini to‘xtatishga uringan.
Shundan so‘ng yigit buvisiga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etgan. Keyinchalik jinoyat izlarini yashirish maqsadida uyga o‘t qo‘yilgan.
Jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!