Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro issiq suv sepilishi oqibatida kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ayol bir necha oy davomida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragani, jumladan, unitaz suvini ichishga hamda suvarakka qarshi zahar yeyishga majburlangani haqida xabarlar tarqalgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 6-sentabr kuni Sharof Rashidov tumani Qahramon mahallasida sodir bo‘lgan. F.M. ismli fuqaro issiq suv sepilishi oqibatida turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga olib borilgan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, ayolning chap qo‘l yelka sohasi, chap oyoq son sohasi, o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imi va qorinning qovuq sohasi 6–8 foiz miqdorida 2–3A darajali kuygan.
Hodisa yuzasidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, vo
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!