Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati +27…+37 daraja, kechasi esa +10…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, harorat +37 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘ylab shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda kechasi havo harorati +10…+15 daraja, kunduzi esa +22…+27 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan taqdim etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!