$
12012.12 UZS
32.29
166.12 UZS
1.13
13935.26 UZS
30.27
31° Kechasi 18°

Temperament turiga qarab sovg‘a tanlaymiz: melanxolik, xolerik, flegmatik, sangvinikka nima yoqadi?

12:04 / 31.12.2019

Ba’zida sovg‘a tanlashga qiynalib ketasan kishi. Ammo yaqinlarimizning xususiyatlaridan kelib chiqib izlansak, sovg‘a tanlash osonlashadi. Masalan, temperamentini bilish foydadan holi emas.

Melanxolik

Bu ta’sirchan, hissiyotli, romantik va sezgir odam. Melanxoliklar tabiatan introver – ular o‘z olamida yashaydi. Orzu qilish, fantaziya qilishni, dunyoning nomukammalligi haqida o‘ylashni yoqtiradi.
Melanxolikka vintaj (o‘tgan asrlarga xos) yoki antikvar buyumlar yoqadi. Unga san’at asarlarini sovg‘a qilsangiz bo‘ladi. Masalan, suratlar, haykalchalar, tumorlar. Shuningdek, hissiyotli va juda chuqur ma’noli roman taqdim etishingiz mumkin.
Melanxoliklar odatda ijodkor bo‘ladi, shuning uchun “o‘z qo‘ling bilan yasa” turidagi to‘plam, antistress albom, bo‘yoqlar sovg‘a qilsangiz xursand bo‘ladi.
O‘z fikrlarini yozib borishi uchun sifatli, charm muqovali kundalik ham ular uchun yoqimli sovg‘a.

Xolerik

Xoleriklar hissiyotli, qiziqqon, ammo gina saqlamaydigan kishilardir. Ular tashabbuskor, harakatchan va mas’uliyatli. Yangi ishga tez kirishadi va kundalik zerikarli ishlarni yoqtirmaydi.
Ekstremal haydash yoki suvostida suzish kurslari uchun sertifikat bersangiz yoqishi mumkin. Xoleriklar qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni yaxshi ko‘radi. Shu sababdan ular uchun qandaydir murakkab o‘yin tayyorlashingiz ham mumkin.
Xoleriklar o‘zlarining ahamiyatli inson ekanligiga ishonadi. Shuning uchun sovg‘a qimmat bo‘lmasa-da, o‘rami hashamdor bo‘lishiga harakat qiling. Uni dabdaba bilan, masalan, she’r aytib, katta sharlar bilan bering.
Xoleriklar ichida rahbarlari ko‘p. Ularga ismi yozilgan ruchka, stol ustiga kanselyariya to‘plami, charm hamyon kabilarni berishingiz mumkin.

Flegmatik

Flegmatik – sokin va bosiq odam. Ishda mantiqli va detallarga e’tiborli. Uni tizginidan chiqarish deyarli ilojsiz. U yaxshigina oilaparvar. Bunday kishilar sabrli, oqko‘ngil bo‘ladi.
Flegmatiklar aqlli, ammo bu xususiyati bilan maqtanmaydi. Mantiqiy vazifalarni yoqtiradi. O‘ylantiradigan filmga chipta sovg‘a qilsangiz xursand bo‘ladi. Masalan, yangi detektiv yoki kutilmagan tarzda tugaydigan filmga. Flegmatiklar qiziqarli boshqotirmalarni yaxshi ko‘radi. Nima demoqchiligimizni tushungandirsiz?
Shuningdek, flegmatiklar konservativ hamda amaliyotni yoqtiruvchilardir. Ularga uy uchun texnika yoki gadjet ma’qul bo‘ladi. Masalan, qahva maydalagich, power-bank, termos, ko‘p funksiyali pult, sok chiqargich va hokazolar.

Sangvinik

Sangviniklar – hayotsevar, quvnoq kishilar. Biror yangi narsani o‘rganishga qiziqadi. Tez aloqaga kirishadi. Hammaga xush kayfiyat ulashadi.
Sangvinik uchun qandaydir qiziqarli shahar yoki mamlakatga sayohat ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Kurslarga yoki qiziqarli master-klasslarga sertifikat taqdim eting. 
Sangviniklar kreativlikni yoqtiradi, shuning uchun sovg‘angiz hamyonbop bo‘lsa-da, original bo‘lishiga intiling. O‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlagan narsani juda qadrlashadi.
Sangviniklar yumorni ham yaxshi ko‘radi. Kulgili gap yozilgan futbolka, hazilomuz buyumlarni sovg‘a qilsangiz, xursand bo‘lishi aniq.  


Bu ham qiziq

Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay ra…
16:06 / 15.06.2026
Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi: haqiqat, bozor va shov-shuv o‘rtasidaSo‘nggi kunlarda xalqaro moliya va texn…
15:54 / 14.06.2026
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon bankining 2026-yil iyun oyida e’lon qilingan “Global Economic Prospects” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo…
15:39 / 14.06.2026
Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o…
18:08 / 15.06.2026
Putin va Lukashenko karikaturalari bilan tanilgan rossiyalik rassom Polshada otib o‘ldirildi

Putin va Lukashenko karikaturalari bilan tanilgan rossiyalik rassom Polshada otib o‘ldirildi

Polshada yashab kelgan rossiyalik rassom va aksionist Semyon Skrepetskiy (asl ismi Robert Kuzovkov) otib o‘ldirildi. Mahalli…
11:56 / 16.06.2026
JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahs…
09:58 / 16.06.2026
Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiy viloyatida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud h…
14:33 / 16.06.2026
17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:28 / 16.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Albaniya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi …
17:29 / 16.06.2026
5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

Jahon miqyosida energetika transformatsiyasi jadallashayotgan bir davrda dunyo mamlakatlari energiya xavfsizligini mustahkam…
18:00 / 15.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!