Oppoq kukunsimon iste’mol sodasi har bir xonadonda, har bir oshxonada topiladi. Ushbu kukunsimon vosita uy-ro‘zg‘or yumushlarida ko‘pgina muammolarga yechim bo‘ladi. Mana masalan...
Havoni musaffolashtiradi

Purkagichga ikki stakan suv solinadi. Ustiga yarim stakan limon, apelsin suvi qo‘shiladi. Aralashmalarning ustiga esa bir oshqoshiq iste’mol sodasi solinadi. Purkagichning og‘zi mahkamlanib, qo‘llash oldidan yaxshilab chayqatiladi.


Bunday havo tozalagich xonadoningizni xushbo‘y va ekologik toza tarovat bilan boyitadi.

Poyabzal hidini yo‘qotadi

Oyoq kaftida 250 000 dan ortiq ter bezlari joylashgan. Shu sabab ba’zida poyabzaldan ter hidi anqiydi. Buni yo‘qotish uchun ichi quritilgan oyoqkiyimga qog‘oz sochiq (salfetka) qo‘yiladi va ustiga iste’mol sodasi sepiladi. Vosita poyabzal ichida bir kechaga qoldiriladi.

Ertalab yoqimsiz hid yo‘qolganini sezasiz.
Palosni tozalaydi

Palos oyoq ostiga to‘shalgani sabab tez kir bo‘ladi. Undagi har qanday kir va dog‘larni yana o‘sha oq kukun – iste’mol sodasi yo‘qotadi. Buning uchun tog‘orachaga bir stakan iste’mol sodasi va 25 tomchi efir moyi solinadi. Xomashyolar yaxshilab aralashtirilib, palos ustiga sepib chiqiladi. So‘ng 15 daqiqaga qoldiriladi va changyutgich bilan tozalab chiqiladi.

Qarabsizki, palosingiz toza va xushbo‘y tarovatga ega bo‘ladi.

Rakovina va quvurni tozalaydi

Rakovina quvuri to‘lib, suv ketmay qolganda quyidagi oddiy usulni qo‘llashingiz mumkin. Quvurga bir stakan iste’mol sodasi sepiladi va ortidan xuddi shu miqdorda sirka kislotasi quyiladi.

Shundan so‘ng, quvurga suv quyilib, yuvib tashlanadi.

Jig‘ildon qaynashini to‘xtatadi

Yog‘li yegulik iste’molidan keyin jig‘ildon qaynashi bezovta qiladi. Bunday holatda bir stakan suvga qo‘shilgan yarim oshqoshiq iste’mol sodasi sizni qutqaradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!