10-iyun kuni soat taxminan 22:00 da Jizzax shahridagi O‘rda ekologik madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan, “Niyatjon niyati” MChJga qarashli “Bashnya padeniya” attraksionida baxtsiz hodisa yuz berdi.Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ularning salomatligi shifokorlar nazoratida ekani ma’lum qilingan.Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 16 o‘rinli mazkur attraksion oxirgi marta 2025-yil 5-noyabr kuni texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.Ayni paytda vakolatli organlar hodisa sabablari yuzasidan dastlabki o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!