$
11986.30 UZS
10.94
163.61 UZS
0.7
13937.67 UZS
-83.08
31° Kechasi 18°

Xalq tabobati: mumiyo bilan davolashning 13 usuli

14:00 / 19.03.2020

Qadimdan ma’lum bo‘lgan, xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelayotgan mumiyo ko‘plab kasalliklarga birdek davo bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda mumiyo yordamida ko‘p xasta odamlar shifo topgani ham yolg‘on emas. Siz mumiyo haqida eshitgandirsiz, ammo to‘liq davolash xususiyatlari haqida ma’lumotga ega emasmisiz? Ushbu maqola aynan siz bilmoqchi bo‘lgan mumiyoning shifobaxsh xususiyatlari va davosi haqida.  
Mumiyo qora qo‘ng‘ir rangli yopishqoq, tana haroratida yumshaydigan o‘ziga xos hidli, achchiq ta’mli, suvda ozgina cho‘kma hosil qilib eriydigan modda. Mumiyo qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Mumiyo 20-30 ga yaqin mikro va makroelementlar, oqsil va 18 aminokislota vitaminlar, efir moylari, gormonlardan tashkil topgan murakkab tabiiy balzam.

Mumiyoning xususiyatlari
Mumiyo tarkibiga kiruvchi organik va anorganik moddalar yig‘indisi organizmda modda almashinuviga mo‘tadil biologik tas’ir qilib, odamga quvvat bag‘ishlaydi. Organizmda kechayotgan tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Shuningdek, mumiyoni qaynatilgan iliq suvda eritib ichish maqsadga muvofiq. Mumiyoni qo‘llashdan avval, birinchidan sotib olingan mumiyo qalbaki emasligiga ishonch hosil qiling, ikkinchidan uni noto‘g‘ri miqdorlash natijasida turli asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligiga ishonch hosil qiling. Shuning uchun mumiyoni ishlatishdan oldin mutaxassis maslahati bilan ishlatish va quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Tibbiyot amaliyotida mumiyoni quyidagi kasalliklarga tavsiya etiladi.

1. Suyak-bo‘yin xastaliklarida. Suyak kichik singanda, bo‘g‘im chiqqanda, mushaklar lat yeganda va uzilganda 0,1-0,5 g.dan 2 mahaldan ovqatdan oldin (nahorda va uyqudan oldin) 25-30 kun ichish tavsiya etiladi. 10 kun ichib, 5 kun dam beriladi.

2. Katta suyaklar (son va boldir) singanda, suyak chiqqanda, to‘qimalar lat yeganda mumiyoni 2–5 foizli suvdagi yoki 40 foiz spirtdagi eritmasini surish yoki bog‘lash mumkin. Umuman suyaklar singanda mumiyo bilan birga tuxum po‘chog‘ini quritib, tolqon qilib, 0,5 g.dan 3 mahal ichiladi.

3. Parodantoz kasalligida mumiyo 0,2 g.dan 1-2 mahal (nahorga yoki uyqudan oldin) 25-28 kun davomida ichiladi, hamda 5-10 foiz eritmasidan har kuni kechqurun dokani ho‘llab, milkka qo‘yiladi (10-15 kun).

4. Mumiyoni 1-5 foizli distillangan suvdagi yoki qaynatilgan suvdagi eritmasi bilan kuygan yer yoki yaralar yuviladi yoki 1-5 foizli mumiyo malhami bilan yarani yiringdan tozalab surtiladi.

5. Periferik nerv tolalari yallig‘lanishi, pleksit, radikulit, nevralgiya, neyrodermit kasalliklarida mumiyoning 5-10 foiz spirtdagi eritmasi 20 kun davomida surtiladi, hamda 0,2 g.dan ichiladi.

6. Ichki va o‘rta quloq yiringi tufayli eshitish pasayganda mumiyoni 1:10 nisbatda shaftoli, o‘rik, zaytun moyiga aralashtirib, ertalab va kechqurun 2 tomchidan tomiziladi. Ayni vaqtda 0,2-0,3 gramm sut yoki asalga qo‘shib kuniga ichish quloqdan yiring oqishini va yallig‘lanishini to‘xtatishini tezlashtiradi.

7. Bola duduqlanganda mumiyoni 1:10 yoki 1:20 nisbatida asal bilan aralashtirib, 4-6 oy mobaynida bir choyqoshiqdan 2 mahal ichish tavsiya etiladi (ertalab va kechqurun).

8. Bronxial astmada bemor vazniga qarab 0,2-0,5 g. dan kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin) suv yoki sut bilan 25-30 kun ichish tavsiya etiladi.

9. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa, allergik tabiatdagi yallig‘lanishlarda mumiyo 0,2-0,3 g.dan sut yoki mol yog‘iga qo‘shib, kuniga 2 mahal  (nahorda va uyqudan oldin), 25-28 kun ichiladi.

10. Nurdan zararlanganda mumiyo 0,1-0,2 g.dan 2 mahal 25-30 kun ichiladi.

11. Kamqonlik (anemiya)da mumiyoni 0,2 g.dan 10 kun davomida ertalab va kechqurun suvda eritib ichiladi, so‘ngra 5 kun dam berib, yana davolash  kursi takrorlanadi.

12. Mumiyo buyrak kasalligida (nefrit, pielonefrit, sistitda), buyrakda tosh-qum yig‘ilganda 0,5 g.dan 200-300 gr. qaynagan suvda eritib, 25-30 kun ertalab va kechqurun ichiladi.

13. Teridagi ajin-burishlarni yo‘qotish, kamaytirish uchun mumiyoni 10 foiz malhamini uzoq vaqtgacha surtib yurish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mumiyo spirtli ichimlik ichganda, tamaki mahsulotini iste’mol qilganda aslo mumkin emas. Chunki ular organizmda parchalanish jarayonini tezlashtirib, shifobaxshli xususiyatini yo‘qotadi. Me’da-ichagi, qizilo‘ngachi va bavosilidan qon ketayotgan bemorlarga mumiyo tavsiya etilmaydi. Chunki mumiyo qon oqishini kuchaytirib, bemor ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.

Yulduz Normamadova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyatida motosikl 15 yoshli qizni urib ketdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida motosikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
11:14 / 16.05.2026
O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda turarjoy qurilishi o‘sishda davom etdi. Uch oy davomida foydalanishga topshirilg…
14:39 / 17.05.2026
Markaziy bank bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi

Markaziy bank bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi

Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tizimlari operatorlariga bankomatlar bilan bog‘liq muammolarni tezkor hal qilish bo…
14:18 / 17.05.2026
Farg‘onada maktab o‘quvchilarini qo‘rqitib kelgan jinoiy guruh ushlandi

Farg‘onada maktab o‘quvchilarini qo‘rqitib kelgan jinoiy guruh ushlandi

Farg‘ona shahrida tarkibida 15, 18 va 20 yoshli yigitlar bo‘lgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
13:42 / 18.05.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Janubiy Koreyani tanlamoqda

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Janubiy Koreyani tanlamoqda

2026-yilning birinchi choragida 5 ming 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga jo‘nab ketdi. Bu ko‘rsa…
14:11 / 16.05.2026
Tramp dunyodagi “eng faol terrorchi” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Tramp dunyodagi “eng faol terrorchi” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Nigeriya qurolli kuchlari tomonidan IShIDning “eng faol terrorchisi” deb atalgan Abu-Bi…
14:03 / 16.05.2026
19-may kungi ob-havo ma’lumoti

19-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda…
17:39 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku sha…
15:17 / 17.05.2026
Qirg‘izistonda amaldorlarga yozda kostyumsiz ishlash tavsiya qilindi

Qirg‘izistonda amaldorlarga yozda kostyumsiz ishlash tavsiya qilindi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilariga yoz mavsumida ishga kostyum va galstuksiz kelish tavsiya qilindi.
13:10 / 16.05.2026
“Energosavdo” yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Energosavdo” yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuriskonsulti pishloq ishlab chiqarish …
07:14 / 18.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!