$
11981.81 UZS
-32.67
165.13 UZS
-1.48
13879.73 UZS
21.03
31° Kechasi 18°

Koronavirus pandemiyasidan qaysi kompaniyalar omon qoladi?

10:16 / 14.04.2020

Dunyo koronavirus pandemiyasidan aziyat chekmoqda. Men virusni yuqtirganlar haqida emas, balki ishidan ayrilganlar, ish haqining pasayishi yoki endi o‘z ishi bilan shug‘ullana olmaydiganlar haqida gapiryapman. Jahon iqtisodiyoti uzoq vaqt davomida, hatto 2008-yildagi moliyaviy inqiroz davrida ham bunday kuchli zarbani boshdan kechirmagan edi. So‘nggi uch hafta ichida 17 millionga yaqin amerikalik ishsizlik nafaqasini olish uchun murojaat topshirdi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, har yili 10-11 million nafar odam xuddi shunday ariza topshirar edi. Hozircha biznesdagi yo‘qotishlar haqida statistika taqdim etilmadi. Biroq vaziyat ko‘ngildagidek emasligi aniq. Bu pandemiyadan kimdir foyda bilan chiqadimi, o‘zi?!

Restoran, kafe hamda kichik do‘konlar
Tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar hamda dorixonalarni hisobga qo‘shmaymiz – karantin vaqtida ular juda ko‘p mehnat qilishadi va ularning mahsulotini yarim xayriya deb ham atasa bo‘ladi. 
Biz oflayn rejimda ishlaydigan biznes turlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Bu – kafe, restoran hamda kichik do‘konlar va turli xizmat turlaridir. Agar davlat tomonidan bu muassasalar yopilmasa ham, ular katta qiyinchiliklarga duch kelishadi: aksariyat aholi uyda o‘tiradi. Bunday holatda restoranlar yetkazib berish xizmatiga e’tibor qaratishadi. Va mana shu sharoitda pandemiyadan omon qolibgina qolmay, balki bundan foyda bilan chiqib ketadiganlar mavjudligini e’tirof etmoqchiman. 

Yetkazib berish xizmatlari
Omon qoladigan tarmoqlardan birinchisi, bu – mahsulot, uskuna va boshqa har qanday tovarlarni yetkazib berish xizmati sanaladi. Agar biz Amerika Qo‘shma Shtatlari misolida oladigan bo‘lsak, pandemiya sabab mazkur xizmatlar ancha eskirib qolgani ma’lum bo‘ldi. Jeff Bezos, Amerikaning birinchi darajali yetkazib berish platformasi rahbari, kompaniya yuklarini tasarruf etishga qiynalmoqda va yaqinda 100 ming nafar kuryer yollash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Tasavvur qilayapsizmi? Barcha kompaniyalar o‘z xodimlarini ishdan bo‘shatganida Amazon o‘ziga ishchi qidirayapti. Bunga sabab Uber Eats xizmatlariga bo‘lgan talab so‘nggi paytlarda misli ko‘rilmagan daraja – 30 foizga oshdi. Va mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha turli xizmatlar o‘zlarini tom ma’noda BIZNES deb atashni boshlaydilar! Bir necha hafta ichida kichik kompaniya rahbarlarining aksariyati millioner bo‘lishdi (hatto milliarder). Va bu holat hali yana davom etadi va odatga aylanib qolgani uchun balki pandemiyadan so‘ng ham uzoq vaqtgacha davom etishi mumkin.

Kuryerlar – eng obro‘li odamlarga aylandi
Shunga o‘xshash manzarani Rossiyada ham kuzatish mumkin. Ilgari turli internet saytlaridan buyurtma qilingan tovarlar buyurtmachi qo‘liga bir necha kun ichida yetkazib berilgan. Ayrim buyurtmalarni esa haftalab kutish lozim bo‘lgan. Ba’zida mahsulotlarning bir qismi umuman keltirilmas ham edi. Hozirgi kunda ham bunday kompaniyalar buyurtmachilar talabini to‘liq va o‘z vaqtida qondira olmaydi. Biroq karantin sharoitida ular tezlashishga majbur. Aks holda ularning kompaniyalari ham inqirozga mahkum.

Onlayn biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar
Muammolarga duch kelmaydigan kompaniyalarning yana bir toifasi, bu – onlayn-biznes bilan shug‘ullanadiganlari. Ikki oy oldin faqat ofis ishchilarigina biladigan Zoom videokonferentsaloqa xizmatini oling. Endi u pandemiya paytida aloqaning birinchi raqamli usuliga aylanib oldi. Ko‘pgina rus maktablari o‘tib olgan Google Glassroom dasturi-chi? Talab shunga qarab o‘sib bormoqda. Mart oyida Microsoft Teams onlayn hamkorlik xizmatining kunlik faol auditoriyasi bir hafta ichida 32 milliondan 44 milliongacha o‘sdi! Va bu o‘sish ulkan sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu xizmat orqali odamlar bir kunda 3 milliard daqiqa suhbatlashib, rekord natija qayd etishdi!

Ko‘ngilochar dastur hamda o‘yinlar
Musobaqa, film hamda internet orqali o‘ynaladigan o‘yinlarni ham yoddan chiqarmasligimiz kerak! Buni pandemiyadan oldin tasavvur qila olarmidingiz? Va endi bu har kuni sodir bo‘layapti, hordiq chiqarish birinchi o‘ringa chiqdi. Shubhasiz, bunday kompaniyalarning koronavirus pandemiyasi payti va undan keyin ham pichog‘i moy ustida bo‘ladi.

Pandemiyadan so‘ng nima bo‘ladi?
Yaqin orada tirik kuryerlar Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi va ular o‘rnini dronlar yoki robotlar egallaydi. Bu bir hisobdan yaxshi. Yetkazib berish xizmatlari maosh to‘layman, deb jon koyitib o‘tirmaydi. Pandemiyadan yana kimlar omon qoladi? Albatta, IT-kompaniyalar, har kim o‘z biznesini onlayn rejimida olib boradi. Rossiyada Yandex va Mail.ru xuddi shunday salohiyatga ega. Shuningdek, “Yandex.Food”ga ham talab oshadi. Shifokorlarni onlayn ravishda tayinlash xizmatlari ham gullab-yashnaydi. 

Shunday qilib, pandemiyadan kafe va restoranlar, onlayn va oflayn do‘konlar zarar ko‘rishi mumkin, ammo Yandex, Wildberriyes yoki Sberbank bilan biror jiddiy holat yuz bermaydi. Eng muhimi, dunyodagi barcha kompaniyalar inqirozdan omon qolishgani bois kuchlariga-kuch qo‘shiladi.


Bu ham qiziq

Tez oqar kanalda 100 metrga suzgan erkak shox-shabbalarga ilashib qoldi

Tez oqar kanalda 100 metrga suzgan erkak shox-shabbalarga ilashib qoldi

Shahrisabz tumanidan oqib o‘tuvchi tez oqar kanalda fojiaviy yakun topishi mumkin bo‘lgan hodisa yuz berdi. Bir fuqaro o‘z e…
12:28 / 14.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. S…
14:05 / 14.06.2026
Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi.

Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi.

Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi. Endi iste’molchilar …
17:37 / 13.06.2026
JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

11-iyun kuni Mexiko shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga rasman start berildi.
08:12 / 12.06.2026
Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga 10 nafar sudya 10 yil muddatga saylandi.
09:30 / 14.06.2026
Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi:

Ilon Mask va “trillion dollarlik” boylik bahsi: haqiqat, bozor va shov-shuv o‘rtasidaSo‘nggi kunlarda xalqaro moliya va texn…
15:54 / 14.06.2026
Surxondaryoda 3 nafar yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Surxondaryoda 3 nafar yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Surxon daryosiga cho‘milish uchun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari suvga cho‘kib, …
12:27 / 13.06.2026
34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammda…
11:57 / 12.06.2026
So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida Turkiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani qayd etildi.
15:31 / 13.06.2026
Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Unga ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan m…
15:28 / 14.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!