$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Faqat bir nusxada ishlab chiqarilgan avtomobillar (foto)

11:11 / 06.02.2020

Dunyoda avtomobil turlari juda ko‘p, har kim didiga to‘g‘ri kelganini tanlab olaveradi. Lekin bu ba’zilarni qoniqtirmay, o‘zlari uchun alohida avtomobil ishlab chiqarishni istab qolishadi. Xullas, quyidagi maqolamizda faqat bir nusxada ishlab chiqarilgan mashinalar ro‘yxati berilgan. Ro‘yxatdagi hamma mashinalarni ham zo‘r, deb bo‘lmaydi. Chunki, ularning ba’zilari hech kimga yoqmaganligi uchun ham bittaligicha qolib ketgan. 

1. Maybach Exelero

Ehtimol, u dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho superkarlardan biridir. 2005-yilda “Maybach 57” limuzinidan qurilgan sport kupesi Germaniyaning shina ishlab chiqaruvchi Fulda kompaniyasi bilan birgalikda yaratildi. 2011-yilda avtomobilni Birdman taxallusi ostida ishlaydigan amerikalik reper Brayan Uilyams 8 million dollarga sotib olgan. Oradan bir yil o‘tgach, Daimler so‘nggi yillarda kompaniyaga faqat zarar keltirayotgan Maybach brendini yo‘q qilishini e’lon qilgan.

2. Ferrari F12 Berlinetta TRS

Bu mashina nomi oshkor qilinmagan mijozning buyurtmasi bo‘yicha yig‘ilgan. Xaridor Ferraridan “F12 Berlinetta” kupesining maxsus ochiq versiyasini chiqarishni so‘ragan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noyob mashinaning narxi 4,2 million dollardan oshadi.

3. McLaren X-1

Ushbu model Special Operations muhandislari tomonidan Yaqin Sharqdagi xaridor buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan. Bo‘lajak mijozning xohish-istaklari 7 million dollarga tushgan.

4. Rolls-Royce Hyperion

Ushbu eksklyuziv mashinaga kollektor Roland Xoll buyurtma bergan. “Rolls-Royce Hyperion” 2008-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishidan u 1930-yillarning Rollers modellariga o‘xshab ketadi. Uning dizayni ustida afsonaviy Pininfarina atelyesi ishlagan.  

5. Peugeot Onyx

Fransuzlar bu mashinani toshga o‘xshash g‘ayrioddiy materiallardan qurishgan. Mashinani yaratishda ular toshdan tashqari mis, namat va qog‘ozdan ham foydalangan. Hozircha fransuzlar “Onyx” mashinalari seriyasini ishlab chiqarmoqchi emas, lekin yaqin kelajakda ular shu turdagi mashinalarni jahon bozoriga kiritish niyatida. 

6. Ford GT90

1995-yilda Detroyt avtosalonida namoyish etilgan model ishlab chiqaruvchi tomonidan “dunyodagi eng kuchli superkar”i deb e’lon qilingan. Darhaqiqat, 4 ta turbinali, 12 silindrli avtomobil 720 ot kuchiga ega va e’lon qilingan GT90 tezligi soatiga 407 km.ni tashkil etadi. Aytgancha, GT90 bilan deyarli bir xil tezlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan Bugatti Veyron Ford konsepsiyasidan 10 yil keyin paydo bo‘lgan.

7. Porsche 911 Panamericana

Avtomobil 1989-yilda Porsche direktori Ferry Porschega tug‘ilgan kun sovg‘asi sifatida taqdim etilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, uning dizaynini bir necha yil avval dunyoga afsonaviy “Porsche Boxster” modelini taqdim qilgan Harm Lagaay yaratgan.

8. Cadillac Cien

Bu mashina kompaniyaning 100 yilligi sharafiiga maxsus ishlab chiqarilgan. Kun qahramoniga munosib ravishda Cien o‘sha paytdagi eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan edi. Unda “OnStar” sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi, “Communiport” ovozli boshqaruv tizimi, avtoturargoh yordamchisi va shamol ekraniga yo‘l tasvirini tushira oladigan tungi ko‘rish tizimi mavjud edi. Biroq bu funksiyalag barchasidan biron marta ham foydalanilmagan. Sababi mashina kompaniya muzeyida saqlanadi. 

9. BMW Gran Coupe Pininfarina Lusso

Ushbu mashinani yaratishda qaysi kompaniyalar ishtirok etganini nomidan bilish oson. To‘rt kishilik kupening ichki ko‘rinishi, yaratuvchilar ta’kidlaganidek zamonaviy nafislik va o‘ziga xos dinamikani uyg‘unlashtiradi. U qimmatbaho charm va kauri yog‘ochlari bilan bezatilgan.

10. “ВАЗ Rapan”

VAZ Rapan – Parij avtosalonida taqdim etilgan ruslarning birinchi elektr avtomobili. 1998-yilda u bitta nusxada chiqarilgan va afsuski, uni hech kim sotib olishni istamagan. Shundan buyon u yagonaligicha qolib ketgan.

11. “ZIS-Sport”

ZIS-Sport avtoulovi 1939-yilda Moskvadagi ZIS zavodida yig‘ilgan. U 141 ot kuchiga ega 6 litrli dvigatel bilan jihozlangan, soatiga 162 km. tezlikka erishishga imkon beradi. Avtomobilni ishlab chiqarish uchun hatto Stalinning roziligi olingan, ammo urushdan keyin ZIS-Sportning yagona nusxasi izsiz yo‘qolgan.

12. Dartz PROMBRON AS1936 Monaco Red Diamond Edition

Avtomobil Latviyadagi Hummer bazasiga yagona nusxada ishlab chiqarish uchun buyurtma qilingan. Eksklyuziv bezaklarga ega bo‘lgan bu mashina 1,6 million dollarga sotib olingan. Ushbu yirtqich mashina soatiga 312 km. tezlikka qadar tezlashadi va 5,2 soniyada 100 km. tezlikni bosib o‘tadi. U 6 litrli dvigatelga va 552 ta “ot” kuchiga ega.

13. Mercedes-Benz GWA 300 SLC

Sharqiy Yevropalik shaxsi noma’lum boy o‘zini hech kimda yo‘q bo‘lgan zo‘r mashinada ko‘rishni istaydi. U o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishni Mercedes konserniga ishonib topshirdi. Uning g‘oyasi 1955-yilda faqat 100 dona ishlab chiqarilgan afsonaviy Mercedes-Benz 300 SC asosida SLS AMG bazasida amalga oshiriladi. Mashina narxi sir tutiladi. Mercedes-Benz GWA 300 SLC 571 ot kuchiga ega, eng yuqori tezligi 315 km/soat, 100 km. tezlashuv esa 3,8 soniyani tashkil etadi.

14. Sbarro GT1

Sbarro GT1 1999-yilda Mercedes jamoasining Le Mans poygasidagi g‘alabasi sharafiga yig‘ilgan. Avtomobil 7,4 litrli 450 ot kuchiga ega V8 dvigatel bilan jihozlangan. To‘g‘ri, bu katta dvigatel uchun unchalik ko‘p emasdek tuyulishi mumkin, ammo o‘sha paytda bunday ko‘rsatkich juda katta bo‘lib tuyulardi. Dvigatel orqaga va o‘ngga mustahkamlangan kompozit mashina asosining o‘rtasiga o‘rnatilgan.

15. Lamborghini Egoista

2013-yili o‘zining 50 yilligini nishonlash uchun Lamborghini maxsus “Lamborghini Egoista” superkarini taqdim etdi. “Yubiley” yangiligining asosiy xususiyati shundaki, uning saloniga faqat bir kishi o‘tira oladi. Tashqi ko‘rinishidan u samolyotga o‘xshab ketadi. Avtomobil 5,2 litrli V10 dvigatelida harakatlanadi. 


Bu ham qiziq

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

“Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang” — Saida Mirziyoyeva terma jamoaga murojaat qildi

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
16:30 / 23.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi.
09:39 / 25.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:49 / 23.05.2026
Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Ustoz qadri yuksak bo‘lsa, jamiyatda adolat ham mustahkam bo‘ladi

Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtas…
13:54 / 26.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026
Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!