$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Dunyo mamlakatlarida guruchdan tayyorlanadigan mashhur taomlar

10:38 / 19.12.2019

Dunyoda guruchning 40 000 turi mavjud. Va har bir millat uning o‘ziga hos turini yoqtiradi. Masalan, yaponlar yopishqoq guruchni ma’qul ko‘rishsa, hindlar yoyilib turgan guruchni xushlashadi. Yana boshqalar kraxmalli guruchni a’lo, deb bilishadi. Demak, va’da qilganimizdek, dunyo xalqlarida guruchdan tayyoralanadigan eng mashhur taomlar haqida so‘z yuritamiz. 

Italiya. Rizotto 

Italiyaliklar guruchni asosan Po daryosi qirg‘oqlarida, vodiysida yetishtirishadi. Rizotto tayyorlash uchun guruchning “Arborio” yoki “Karnaroli” kabi qattiq, kraxmalga boy turi ma’qul ko‘riladi. 

Ispaniya. Paelya

Nomlanishidan bizning “Palov”ga o‘xshab ketadigan Valensiyada tayyorlanadigan an’anaviy taom. Baliq, dengiz mahsulotlari, tovuq va quyon go‘shti qovurilgan guruch bilan qo‘shib dimlanadi. Bu taomga guruchning “Bomba” turi olinadi. Bu tur suvni yaxshi shimadi, dimlaganda shishib, hajmi kengayadi.  

AQSh. Yangi Orlean. Jambalaya

Kreollarning paelyani eslatuvchi taomi. Uzun, oq guruch sabzavot, go‘sht va Karib ziravorlari qo‘shib dimlanadi. Go‘sht esa yo timsoh, yo qunduz va yoki toshbaqaniki bo‘lishi lozim.   

Meksika. Ispan guruchi

Meksikaga guruch XVI asrda keltirilgan. Ular uzun oq guruchni piyoz, sarimsoq, xaoapeno garmdorisi bilan qo‘shib qovurib, tovuq qaynatilgan suv va pomidor qaylasida dimlab yeyishadi.  

Misr. Koshari

Bu taom juda to‘yimli va oson tayyorlanadi. Guruch, makaron, no‘xat qaynatiladi. Keyin bir qavat qilib yoyilgan makaron ustidan bir qavat qilib no‘xat, uning ustidan esa guruch yoyiladi. Ularning ustidan qovurilgan sabzavotlar quyiladi. 

Misr guruch ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida 15 – o‘rinda turadi. Ular Osiyoda yetishtiriladigan guruch navlarini afzal ko‘rishadi.  

Nigeriya. Jollof

Jollof qovurilgan sabzavot va ziravorlar bilan dimlangan guruch. Uni dasturxonga tovuq yoki baliq bilan tortishadi. Guruchning Niger daryosi bo‘ylarida yetishtirilgan mahalliy afrika navlari tanlanadi. Biroq, keyingi vaqtlarda bu yerda ham Osiyo navlari ekilmoqda.  

Hindiston. Idli

Idli guruchdan tayyorlangan non. Aniqrog‘i, guruch unidan xamir qorilib, bug‘da pishiriladi. Ertalabki nonushtaga chatni, ya’ni sabzavot yoki mevalardan tayyorlangan qayla bilan beriladi. Guruchni o‘rganish Xalqaro institutining ma’lumotiga ko‘ra, hind xalqining ko‘pchiligi oq guruchning “Basmati” navini tanlashar ekan. 

Xitoy. Guruch ugrasi

Bu ugra guruch uni va suvdan tayyorlanadi. Ugra ta’bga qarab har xil qilib kesiladi. Quritilib qo‘yiladi. Ayrim ugralarni uzoq qaynatish shart emas: yeyishdan oldin qaynagan suv quyib, ozgina kutilsa, kifoya. Unga har xil qayla, go‘sht turlari mos kelaveradi. 

Vyetnam. Banting

Banting bu – guruchli, sovuq pirog. Asosan yangi yil dasturxoni uchun pishiriladi. Uni tayyorlashga deyarli 2 kun ketadi. Guruchning oq, uzun donalisi tanlanadi. 

Buyuk Britaniya. Guruchli puding

Xom guruch sut, qaymoq, shakar va ziravorlar bilan aralashtirilib, gaz duxovkasida bir necha soat mobaynida past olovda pishiriladi. Puding uchun dumaloq, kraxmalli guruch tanlanadi. 

Yaponiya. Moti (guruch unidan tayyorlangan non)

Motini tayyorlash uchun yopishqoq, mayda donli guruch bug‘da pishiriladi, yog‘och qoshiqda eziladi. Hosil bo‘lgan xamirdan dumaloq yoki to‘rtburchak nonlar yasaladi.  


Bu ham qiziq

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tarif…
14:43 / 15.05.2026
O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) tarixda ilk bor o‘z aksiyalarini London va Toshkent fo…
10:18 / 16.05.2026
FIDE prezidenti saylovi Samarqandda o‘tkaziladi

FIDE prezidenti saylovi Samarqandda o‘tkaziladi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkilotning navbatdagi kongressi va prezidentlik saylovi joriy yil 20–27-sentyabr kun…
17:16 / 15.05.2026
Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olin

Bugungi kunda dunyo miqyosida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli ko‘ri…
08:39 / 16.05.2026
Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti (OIV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ist…
17:13 / 14.05.2026
Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklif…
09:30 / 15.05.2026
Olimpiada uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalari tasdiqlandi

Olimpiada uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalari tasdiqlandi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifala…
16:44 / 16.05.2026
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Turkistondagi yangi masjid bilan tanishdilar

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo…
13:08 / 15.05.2026
Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Rossiya rahbarining 20-mayga mo‘ljallangan bir kunlik tashrifi AQSh prezidentining dabdabali tashrifidan so‘ng amalga oshiri…
12:27 / 15.05.2026
O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr

O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi davr

O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari xalqaro maydonda yana bir muhim e’tirofga sazovor bo‘ldi.
10:12 / 16.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!