Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalarini tasdiqladi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, musobaqa tarixda ilk bor to‘liq gender tengligi asosida o‘tkaziladi. Erkaklar va ayollar 7 tadan vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi. Jami 248 nafar sportchi ishtirok etadi — erkaklar va ayollar o‘rtasida 124 nafardan.
Erkaklar:
—55 kg;
—60 kg;
—65 kg;
—70 kg;
—80 kg;
—90 kg;
+90 kg.
Ayollar:
—51 kg;
—54 kg;
—57 kg;
—60 kg;
—65 kg;
—70 kg;
+75 kg.
Saralash bosqichi 2027-yilgi jahon chempionati bilan boshlanadi. Keyin qit’a musobaqalari va jahon saralash turnirlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!