$
11979.83 UZS
-1.98
164.99 UZS
-0.14
13904.99 UZS
25.26
31° Kechasi 18°

“Kontakt linza ko‘zni jarohatlaydi, uni parvarishlash qiyin”: Linzalar haqidagi yanglish fikrlarning to‘g‘ri talqini

15:53 / 03.05.2020

 Ko‘rish o‘tkirligida muammosi bor insonlar ko‘zoynak taqaymi yoki linza, deb qay birini tanlashni bilolmay ikkilanishadi. Ayrimlar linza ko‘zni jarohatlaydi, uni taqib yurish noqulaylik tug‘diradi, degan gap-so‘zlarni eshitib, ko‘zoynakni tanlashadi. Haqiqatan kontakt linzalar bilan bog‘liq turli fikrlar mavjud. Ularning hammasiga ham ishonaverishni tavsiya etmaymiz. Nega, deysizmi? Quyida fikrimizni izohlaymiz...
 
1-yanglish fikr: Linza ko‘zni jarohatlashi mumkin

Aslida, linzani to‘g‘ri taqishni va yechishni bilsangiz, bunday muammoga duch kelmaysiz. Linzani ko‘zga kiritishdan avval qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuvish shart. Shundan so‘ng, u ko‘rsatkich barmoq uchiga qo‘yiladi, pastki qovoq tortib turilgancha ehtiyotkorlik bilan kiritiladi. Linza ko‘z markaziga to‘g‘ri joylashib olishi uchun 1-2 marta ko‘zlarni pirpiratib yuborish kerak bo‘ladi. Linzani yechish ham xuddi shunday tartibda: pastki qovoq tortiladi va linza pastga surilib, ko‘rsatkich va katta barmoqlar yordamida olinadi.
Agar hech qachon linza taqib ko‘rmagan bo‘lsangiz va uni o‘zingiz mustaqil taqishdan cho‘chisangiz, oftalmolog yordamidan foydalanib turishingiz mumkin. Mutaxassis 1-2 marta ko‘rsatib bergach, bu jarayonni siz ham o‘rganib olasiz.
 
2-yanglish fikr: Linza yosh bolalar yoki qariyalar uchun mos kelmaydi
Aslida, kontakt linzalarni bolalar ham, kattalar ham taqishlari mumkin. Yoshga doir cheklovlar mavjud emas. Bunda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan narsa – linzani inson o‘zi mustaqil to‘g‘ri taqib-yechishni bilishidir.

3-yanglish fikr: Linza bilan yurish noqulay
Avvallari bu fikrda jon bor edi. Birinchi kontakt linzalar shishadan tayyorlangan. Bunday linza umuman havo o‘tkazmasligi sabab ko‘zga noqulaylik tug‘dirgan.
Biroq 1971-yilga kelib Bausch+Lomb kompaniyasi yumshoq kontakt linzalar ishlab chiqara boshlaydi. Shu bilan bunday qarash ham o‘zgardi. Hozirda linza yuqori sifatli materiallardan tayyorlanadi (masalan, gidrogelya-silikon yoki gipergelya kabi). Ular namlikni yaxshi saqlaydi va kislorodni ham yaxshi o‘tkazadi.
 

4-yanglish fikr: Linza ko‘zda yo‘qolib qolishi mumkin
Ko‘z olmasi yupqa membrana qavati – konyuktiva bilan himoyalangan. U ko‘zni chang-g‘ubor, kirdan saqlaydi va o‘z navbatida linzaning ko‘z ichiga surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kontakt linza ko‘z markazidan biroz chetga surilganida ham u uzog‘i bilan qovoqlar ostigacha borishi mumkin.

5-yanglish fikr: Linza ko‘zdan tushib ketishi mumkin

Bu yolg‘on gap! Kontakt linzani taqqancha sport bilan bemalol shug‘ullanish ham mumkin. U to‘g‘ri taqilgan bo‘lsa, hech qachon tushib ketmaydi.
Biroq saunaga borganda, bosh yuvish yoki suzishda linza taqmaslik kerak. Shamollash vaqtida ham linzalardan foydalanmagan ma’qul. Chunki, qo‘lda xavfli bakteriya yoki virus qolib ketsa, uni linza taqish orqali ko‘z ichiga kiritib yuborishingiz mumkin.
 
6-yanglish fikr: Kontakt linzalarni parvarishlash qiyin
Bu ham noto‘g‘ri fikr. To‘g‘ri, linza alohida parvarishni talab qiladi. Biroq bu parvarishga bor-yo‘g‘i, bir necha daqiqangiz ketadi, xolos. Qo‘llarni yuvib, linzalarga maxsus suyuqlik tomizib qo‘yish kerak. Kontakt linzalarni maxsus suyuqlikligi bor koteynerda saqlash zarur.
 
7-yanglish fikr: Linza bilan tiniq ko‘rib bo‘lmaydi
Kontakt linza bilan ko‘zoynakdan ko‘ra yaxshiroq va tiniqroq ko‘rasiz. Tasvirlar tiniq, burchaklar ham yaqqol ko‘rinib turadi. Dunyo go‘yoki ko‘z oldingizda kengayib, yorqinlashib ketgandek tuyuladi.
 
8-yanglish fikr: Linza taqilgach, quyosh nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynak taqmasa ham bo‘ladi
Ultrabinafsha nurlardan himoyalash xususiyatiga ega linzalar bilan ko‘zoynak taqishning hojati yo‘q. Biroq bunday xususiyati yo‘q linza bilan, albatta, quyosh nurlaridan saqlovchi ko‘zoynak taqishga to‘g‘ri keladi.
 
9-yanglish fikr: Kontakt linza qimmat turadi
Avvallari haqiqatdan ham shunday edi. Biroq hozirda bunday deya olmaymiz. Sifatli va baquvvat opravaga qo‘yilgan shishali ko‘zoynak kontakt linzalardan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin.

10-yanglish fikr: Linza bilan ko‘rish o‘tkirligi yanada yomonlashadi
Linza ko‘zga noto‘g‘ri tanlangan yoki foydalanish muddatidan ko‘proq taqib yuborilgan bo‘lsagina ko‘rish o‘tkirligi yanada pasayishi mumkin. Shuningdek, kontakt linzalarni noto‘g‘ri parvarishlash ham ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir qilishi hech gap emas.
Linza ko‘zingizga to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa-yu va siz uni to‘g‘ri parvarishlayotgan bo‘lsangiz, ko‘zingiz bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ularni bemalol taqib, kundalik yumushlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin.


Bu ham qiziq

16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, m…
16:20 / 15.06.2026
Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Unga ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan m…
15:28 / 14.06.2026
Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga 10 nafar sudya 10 yil muddatga saylandi.
09:30 / 14.06.2026
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon bankining 2026-yil iyun oyida e’lon qilingan “Global Economic Prospects” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo…
15:39 / 14.06.2026
Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

Albaniya va Germaniya prezidentlari O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay ra…
16:06 / 15.06.2026
Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi,…
09:15 / 15.06.2026
Tez oqar kanalda 100 metrga suzgan erkak shox-shabbalarga ilashib qoldi

Tez oqar kanalda 100 metrga suzgan erkak shox-shabbalarga ilashib qoldi

Shahrisabz tumanidan oqib o‘tuvchi tez oqar kanalda fojiaviy yakun topishi mumkin bo‘lgan hodisa yuz berdi. Bir fuqaro o‘z e…
12:28 / 14.06.2026
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 16-19-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida se…
11:01 / 15.06.2026
Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi.

Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi.

Toshkentda markazlashgan isitish va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilish tartibi o‘zgardi. Endi iste’molchilar …
17:37 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga tavallud kuni munosabati b…
12:11 / 15.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!