$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Uyda o‘tirib ishlashga nima deysiz? Masofaviy ishlar ro‘yxati bilan tanishing

11:14 / 03.04.2020

 Dunyo kundan-kunga o‘zgarib boryapti, avvallari juda muhim deb qaralgan kasb turlari o‘z aktualligini yo‘qotib bormoqda. Hozirgi sharoitda kasb tanlashda ham juda e’tiborli bo‘lmoqlik zarur. Yaxshisi, bugungi zamonga masofadan turib ishlash mumkin bo‘lgan kasb turlarini tanlagan ma’qul. Masofaviy ish dunyoning istagan nuqtasidagi kompaniyada yoki tashkilotda ishlash imkoniyatini beradi. Masofaviy ish nisbatan “yumshoq” grafik va katta imkoniyatlar o‘chog‘i hamdir.

Xo‘sh, qanday kasb turlari bilan masofadan turib ham ishlash mumkin, ekan, deyapsizmi? Hech ham boshingizni qotirmang, quyida mana shunday faoliyatlarning ro‘yxatini taqdim etamiz. Ularni birin-ketin ko‘rib chiqib, o‘zingizga mosini tanlab olsangiz kifoya... Qolgani o‘z qo‘lingizda!

Ro‘yxat bilan tanishing
1. Bloger. YouTube’da videoblogerlik va Instagram’da yulduzlik bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Bunda turli mazmun-mohiyatga ega suratlar va videotasvirlar olishni bilsangiz bas...
2. Dasturchi. Dunyoga mashhur xorij tilini tanlang va uni o‘rganishni boshlang. Negaki, aksariyat dasturlarning bari xorij tillarida bo‘ladi. Tilni yaxshilab o‘rgansangiz, uyingizda turib ham xorij kompaniyalari uchun dasturchilik qobiliyatingizni taklif eta olasiz.
3. Kopirayter. Sayt kabi turli nashrlar uchun ta’sirli matnlar yoza olish ham qobiliyat... Bu sizga daromad ham keltirishi aniq.
4. Suratkash. Atrofingizdagi istagan narsani suratga olishingiz mumkin. Maxsus fotosessiyalar uyushtirgancha pul topishingiz ham mumkin.
5. Vebmaster. Saytni noldan boshlab yaratish, uni rivojlantirishda ishtirok etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish ham daromad manbai bo‘lishi mumkinligini unutmang.
6. Repetitor. Insonlarni masofadan turib, internet orqali o‘qitishga nima deysiz?
7. Operatsion tizimni testdan o‘tkazuvchi. Qurilmalardagi operatsion tizimlarning ishlash qobiliyatini tekshirish uchun testdan o‘tkazuvchilik bilan shug‘ullanishingiz ham mumkin.

8. Onlayn sotuv bo‘yicha shug‘ullanuvchi menejer. Yaxshi sotuvchi hamma joyda kerak, hatto internetda ham.
9. Rassom. Chiroyli narsalarni oq qog‘ozga tushira olish katta mahorat talab etadi. Qolaversa, bu ish bilan uydan o‘tirib shug‘ullanish mumkin. Chizish uchun buyurtma tushsa bas.
10. Onlayn o‘qituvchi. Internet orqali foydalanuvchilarga fitnes, sog‘lom turmush tarzi va shu kabi bir qator yo‘nalishlarni o‘rgatishingiz mumkin.
11. SMM-mutaxassis. Ijtimoiy tarmoqlarni yurgizish, ularni turli platformalarda reklama qilish ham pul keltiradi.
12. Professional o‘yinchi. YouTube’da translyatsiya qilgan holda turli videoo‘yinlarni o‘ynash orqali pul topish mumkin.
13. Tarjimon. Agar xorij tillaridan birini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, internet orqali, uyda o‘tirgan holda mo‘may daromadli ish topa olishingiz aniq.
14. Kontent-menejer. Saytni turli qiziqarli xabarlar bilan to‘ldirish, sayt ishini nazorat qilib borishni masofadan turib ham amalga oshirish mumkin.
15. Dizayner. Chiroyli narsalarni chizish va yaratish daromad keltirmasligi mumkinmi?
16. SEO-optimizator. Google va Yandeks kabi qidiruv tizimiga ma’lum saytni kiritish bilan shug‘ullanish ham foydali.
17. Tizimli administrator. Bu bilan ham kimdir shug‘ullanishi mumkin-ku!
18. Dizayner. Yangi dizaynerlik g‘oyalarini o‘ylab topish va uni maydonga olib chiqish ham daromad manbi bo‘la oladi.
19. Kouching. Insonlarni hayotda yana-da ko‘proq narsaga erishtirish uchun o‘qitish, o‘rgatishni ham uyda o‘tirib bajarish mumkin. Internetingiz bo‘lsa bas.
20. Retusher. Adobe Photoshop kabi yaratuvchi dasturlarda ishlashingiz mumkin.
21. Korrektor. Matndagi xatolarni to‘g‘rilashni masofadan turib bajarish mumkin.
22. Tahlilchi. Katta ma’lumotlar bazasini tahlil qilishni hamma ham bilavermaydi. Biladiganlar uchun yaxshigina pul to‘lanadi.
23. Marketolog. Savdo-sotiqni rivojlantirish bilan shug‘ullanish mumkin.
24. Direktolog. Beznes uchun reklama kompaniyalarini taqdim qilish, rivojlantirish bilan shug‘ullanishingiz mumkin.
25. Jurnalist. Ha, bu soha bilan ham masofaviy ishlash mumkin.

26. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis. Informatsion xavfsizlik hamma uchun kerak.
27. Texnoquvvatlash bo‘yicha mutaxassis. Hamma ham texnikani tushunavermaydi. Ular bo‘yicha pulli konsultatsiyalar o‘tkazishingiz mumkin.
28. Xendmeyd master. Charm, yog‘och, metaldan turli buyumlar yasash va ularni internet orqali sotish mumkin.
29. Autsorsing bo‘yicha konsultant-mutaxassis. Shifokor, psixolog, yurist, buxgalter – hammasi birda.
 
Yuqoridagi masofaviy ishlash imkoniyatini beruvchi kasblar bilan shug‘ullanib nafaqat daromad topasiz, balki o‘zingizga kelajak yaratasiz. Kelajakda bu kabi sohalar taraqqiy etib ketish ehtimoli katta...


Bu ham qiziq

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!