Buxoroda o‘tkazilgan media haftalik davomida ishtirokchilar auditoriyani his qilish, tezkorlik va aniqlikni uyg‘unlashtirish hamda o‘z pozitsiyasini aniq belgilash bo‘yicha tajriba almashdi.
Haftalikda kreativ yondashuv, trend ortidan quvmasdan uni yaratishga intilish, shuningdek sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, bu maydonda kontentning o‘zi emas, balki uning ortidagi fikr, pozitsiya va yondashuv muhim ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Media haftalik doirasida 53 nafar matbuot kotibi va axborot xizmati xodimlari, 19 nafar TV sohasi vakillari, 15 ta gazeta va internet OAV vakillari, 14 nafar bloger, 80 dan ortiq mobilograf, 80 dan ortiq SMM mutaxassisi hamda 200 nafar kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Yakuniy media forumda esa 700 dan ortiq qatnashchi jamlandi. Umumiy hisobda haftalik 800 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
Ma’lum qilinishicha, media haftalikning navbatdagi bosqichi 18–22-may kunlari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!