

“The Shard” — London, Buyuk Britaniya 2013 yilda ochilgan. Me'mor: Renso Piano Uch yuz metrli “Siniq” — Yevroittifoqdagi eng baland bino. Pastda trasnport xabi joylashgan, ichkarida — kuchli o‘zak, u samolyot bilan to‘qnashuvga ham bardosh beradi, texnologik jihatdan — quvvatni tejaydigan, havoni almashtirib turadigan qurilma, yomg‘ir suvidan qayta foydalanish imkonini beradigan aqlli tizimlari bor. Osmono‘par bino qurilishi 750 million dollarga tushdi.


“De Rotterdam” — Rotterdam, Niderlandiya 2013 yilda ochilgan. Me'mor: OMA Sobiq port tumanida joylashgan “De Rotterdam” — Niderlandiyaning eng katta binosi va tashqi ko‘rinishdan “arzon”, biroq mukammal ofis binosini qurishni orzu qilgan Rem Kolxasning sevimli asari. Sakkizta blokdan iborat oynali devorlarning uzunligi 150 metrga yetib, ofislar, mehmonxona, yana majlislar zali va savdo markazini o‘z ichiga olgan. Bu loyiha o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida “chang bosib yotdi”, biroq 2008 yilgi inqiroz paytida pudratchilarning xizmatlari arzonlashib, uni ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada bino 500 million dollarga tushdi, biroq ochilgandan keyin ham uning katta qismi bo‘sh turibdi. Ofislarnin bir qismini shahar hokimiyati egallagan.


“Mosfilmdagi uy” — Moskva, Rossiya 2012 yilda ochilgan. Me'mor: Sergey Skuratov “Moskva-siti”dagi olov rang “Merkuriy” minorasi Yevropaning eng baland binosigina emas, Rossiyaning eng kuchli taassurot qoldiradigan osmono‘par minorasi ham hisoblanadi. Yuriy Grigoryan bilan bir qatorda Sergey Skuratov ham zamonaviy modern me'morchiligini hashamat sifatida sotishni o‘ylab topdi va bu borada omadi yurishdi: ikki yuz metrli minorani oddiy turar joy deb atash qiyin. “Don-Stroy Invest”ning poytaxt meriyasi bilan kelishmovchiligi tufayli Mosfilm ko‘chasidagi binoning bir qismini yo‘q qilmoqchi bo‘lishdi, biroq Yuriy Lujkov ketgandan so‘ng loyihani ilk ko‘rinishdagidek bitirishdi. Qurilish ishlari deyarli besh yilga cho‘zilganiga qaramay, o‘tgan yili ham bino sayyoramizning eng asosiy baland binolari qatoridan joy olgandi.

Shenchjen birjasi — Shenchjen, Xitoy 2013 yilda ochilgan. Me'mor: OMA Gonkong bilan chegaradosh sanoatchi Shenchjen — sayyoramizning eng asosiy shahridek tuyuladi: ko‘p yillardan so‘ng unga qarab XXI asr boshida katta shaharlar qanday bo‘lganiga baho berishadi. Bir necha yuz ming ishchi yig‘adigan gajyetlar zavodi — “Foxconn”dan tashqari, Shenchjenda futurizm ruhidagi aeroport yoki fond birjasining tajribaviy binosini ko‘rish mumkin. Bino shakli o‘zgacha bo‘lgani uchun muloqot va dam oladigan qismi ancha katta. 

“Absolute Towers” — Toronto, Kanada 2012 yilda ochilgan. Me'mor: MAD “Emporis”ning o‘tgan yildagi g‘olibi — alyuminiy bilan qoplangan ellik qavatli turar joy minoralari Toronto chekkasida joylashgan. MADdan xitoylik me'morlar har bir yashovchi bitta bino sharoitida betakror shart-sharoitga ega bo‘lishi uchun minoraning burilgan bionik shaklini o‘ylab topishdi.



“Burj Qatar” — Doxa, Qatar 2012 yilda ochilgan. Me'mor: Jan Nuvel Jan Nuvelning Doxadagi minorasi uning boshqa bir loyihasi — Barselonadagi “Torre Agbar”, shahar suv ta'minoti mahalliy xizmati shtab-kvartirasini eslatadi. Me'mor nafaqat quvvatni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan, balki binoni an'anaviy islom me'morchiligi ruhidagi to‘suvchi to‘r bilan qoplagan, bu shamollatish tizimida ham tejash imkonini beradi. Ellik qavatli ofis binosi qurilishi 125 million dollarga tushgan.


“Olovli minoralar” — Boku, Ozarbayjon 2013 yida ochilgan. Me'mor: HOK So‘nggi o‘n yillikda jahonga mashhur me'morlarning eng katta va kuchli taassurot qoldiradigan binolari birinchi navbatda Xitoyda yoki Sharqdagi neft derjavalarining poytaxtlarida barpo qilindi. Ozarbayjon ham bundan istisno emas: bu yerda olovning ikki yuz metrli tili shaklidagi uchta osmono‘par binoni topasiz. O‘tgan yili ochilgan majmua ofis, mehmonxonalarni o‘z ichiga olgan. Fasadi esa olovga o‘xshab ko‘rinadigan LED-ekranlar bilan qoplangan.


“Al-Bahor” minoralari — Abu-Dabi, BAA 2012 yilda ochilgan. Me'mor: Aedas Abu-Dabidagi 30 qavatli ikkita “Al Bahor” minorasi “ko‘chmas mulk” degan atamaga to‘g‘ri kelmaydi: ularning qismlari harakatlanadi. Ichki xonalarni kunduzgi issiqdan himoyalash uchun muhandislar fasad tepasiga quyosh nuridan to‘sadigan choyshab joylashgan. Kompyuter boshqaruvi asosida tashqi yorug‘lik darajasiga qarab qavati ochilib-yopiladi. Ertalab butkul ochilsa, tushda to‘liq yopiladi.


“DC Tower 1” — Vena, Avstriya 2014 yilda ochilgan. Me'mor: Dominik Perro Bu ro‘yxatimizdagi eng yangi bino, shu yil ochilgan. Dunay qirg‘og‘idagi 250 metrli osmono‘par bino nafis shakli tufayli “Emporis” tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi. Minora ichida tibbiy kompaniyalarning ofislari joylashgan, ilk 15 qavatni esa to‘rt yulduzli mehmonxona egallagan. Keyingi yil DC Tower 1 yonida 150 metrli yana bir osmono‘par bino bunyod bo‘ladi — fransuz me'mori Dominik Perro majmuani yaxlit bir butunning ikki qismi sifatida barpo qilishni rejalashtirgan.



CCTV shtab-kvartirasi — Pekin, Xitoy 2012 yilda ochilgan. Me'mor: OMA Rem Kolxasning osmono‘par binolar janridagi uchinchi va eng katta urinishi: taqdir hazilini qarangki, 2003 yilda me'mor baland binolarni o‘ldirishga va'da bergan, o‘n yil davomida esa o‘zi bir nechta shunday loyihaning muallifi bo‘ldi. Markaziy Xitoy televideniyesining shtab-kvartirasi — balandligi 234 metrga yetadigan singan halqa shaklida bo‘lib, kattagina qismi atrofga osilib turadi. Qurilish sakkiz yil davom etgan va 800 million dollarga tushgan. Telemarkaz ishchilari binoning “oyoqlari”da, rahbariyat esa majmuaning yuqoridagi xonalarida o‘tiradi.


“Sheraton Xuchjou” mehmonxonasi — Xuchjou, Xitoy 2013 yilda ochilgan. Me'mor: MAD Xitoyning Xuchjou shahrida qurilgan “Sheraton” mehmonxonasi Pekindagi telemarkazdan deyarli ikki barobar past va ikki barobar qimmat: alyuminiy va betondan qurilgan o‘ttiz qavatli hordiq chiqarish va ko‘ngil ochish majmuasi 1,5 milliard dollarga tushgan. Torontodagi qiyshiq minoralar singari bu bino ham bionik shaklga ega. Biroq bu me'morlarning injiqligi emas, balki, zilzilalarga yaxshiroq qarshi turishga imkon beradigan jihatdir.


“Porta Fira” mehmonxonasi — Barselona, Ispaniya 2010 yilda ochilgan. Me'mor: Toyo Ito “Porta Fira” mehmonxonasi 2010 yilda “Emporis” mukofotini yutib olgan. Har birining balandligi yuz metrga yetadigan ikkita mehmonxonasi binosi o‘tgan yili Pritskerov mukofotiga sazovor bo‘lgan yaponiyalik Toyo Itoning eng katta loyihasi bo‘lgan. Minoralarning o‘zgacha shakli sayyohlarni bu mehmonxonaga jalb qiladi, ular allaqachon Barselonaning yangi diqqatga sazovor joyiga aylangan.



“One Sentral Park” turar joyi — Sidney, Avstraliya 2013 yilda ochilgan. Me'mor: Jan Nuvel Shahardagi vertikal fermalar — kelajakning qishloq xo‘jaligining asosiy trendi. Kanada hukumati bashoratiga ko‘ra, bunday agrokomplekslar 2027 yilda oddiy hol bo‘lib qoladi, hozircha esa tajribaviy fermalar ayrim odamlar yashaydigan va ofis binolarining tomlari, hovlilarida mavjud. Ammo Jan Nuvel vaziyatni o‘zgartirmoqchi. Me'morning doimiy mualliflik uslubi yo‘q. Sidneyda u turar joylarni ko‘kalamzorlashtirib yuborgan. Yashil o‘simliklar butun fasadni qoplab, tomgacha chiqadi. Sidneydagi turar joy — fransuz me'morining bunday birinchi tajribasi emas. O‘tgan yili Barselonada “Porta Fira” mehmonxonasi yonida yana bir baland mehmonxona qurgan bo‘lib, zinalari yashil o‘simliklarga “g‘arq bo‘lgan”. Parij chekkasida esa ofis binosi tomida yig‘ma oranjyereya qo‘ydirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!