$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

14-yanvar Vatan himoyachilari bayramida erkaklarga nima sovg‘a qilishga boshi qotayotganlar uchun…

08:25 / 13.01.2020

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni armiyada xizmat qilish-qilmasliklaridan qat’i nazar, turli yoshdagi erkaklar uchun bayram hisoblanadi. Har bir ayol-qizlarimiz atrofida alohida e’tiborga molik erkaklar bor: turmush o‘rtoq, aka-ukalar, qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar. Ularni 14-yanvar bayrami bilan tabriklash uchun qanday sovg‘a olish haqidagi o‘ylar har yili deyarli har bir ayol-qizni o‘ylantiradi. Bugungi maqolamiz mana shunday insonlarga yordam beradi deb umid qilamiz. 

Erkaklarga sovg‘a tanlashda birinchi navbatda ular bilan qanday munosabatda ekanligingizga ahamiyat berishingiz kerak. 

14-yanvarda turmush o‘rtog‘iga berish mumkin bo‘lgan sovg‘alar

Что подарить мужчине на День защитника Отечества

Oilali ayollar birinchi navbatda turmush o‘rtoqlariga sovg‘a berish haqida o‘ylashadi. Ayollar o‘zlari uchun eng yaqin bo‘lgan insonlariga turli aksessuarlar, kiyimlar yoki ko‘ngil ochish markazlariga borish uchun chiptalar berishlari mumkin. 

Kiyim va aksessuarlar

Ko‘plab zamonaviy erkaklar tashqi qiyofalariga yetarlicha e’tibor berishadi, ammo ularning ko‘pchiligi xarid qilishni yomon ko‘rishadi. Bunday insolarga sovg‘a sifatida zamonaviy jemper, ko‘ylak yoki kamar bersangiz ularni xursand qilgan bo‘lasiz. Bunday narsalarni sotib olishdan avval erkakning o‘zi bilan maslahatlashishingiz mumkin (ayollik makringizni biroz ishga solgan holda, albatta, har holda nima sovg‘a qilmoqchi bo‘layotganligingizni bilmaganlari maqul). Agar ularga nima yoqishini yaxshi bilsangiz sovg‘ani bemalol xarid qilib, ularga syupriz qilishingiz mumkin. 

Подарок мужчине на 23 февраля

Parfyumeriya. Xushbo‘y hidli atir turmush o‘rtog‘ingiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Bunda siz atirning yoniga dezodorant qo‘shib parfyum to‘plamini berishingiz ham mumkin. 

Soqol olish vositalari

Подарок любимому на 23 февраля

Aksariyat erkaklar uchun soqol olish kundalik ish hisoblanadi. Brendli ustaralar, elektr ustaralari, soch oladigan mashinkalar erkaklarga yoqib tushishi aniq. 

Avtomobil uchun aksessuarlar

Что подарить на День защитника Отечества

Agar yoringizning mashinasi bo‘lsa, unga qo‘shimcha qulaylik va xavfsizlik yaratadigan aksessuar bersangiz mamnun bo‘ladi. Eng ajoyib avtoaksessuar bu kunduzi quyoshdan kechasi qarama-qarshi tarafdan kelayotgan mashina farasining yorug‘ligdan himoya qilib turuvchi ko‘zoynak. Erkak kishi uning uchun qayg‘urib olingan sovg‘alarni qadrlaydi. 

Kompyuter aksessuarlari

Ko‘pchiligimiz Internetda ko‘p vaqt sarflaymiz. Fleshka, quloqchin kabi aksessuarlar hammamizga ham kerak. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, turmush o‘rtog‘ingiz uchun harbiy korpusli fleshkalar hadya qilsangiz bayramga xos sovg‘a bo‘lar edi. 

Ko‘ngil ochar sovg‘alar

Ko‘pincha ish va kundalik tashvishlar sabab dam olishga vaqt topa olmaymiz. 14-yanvar turmush o‘rtog‘ingizni qiziqarli dam olish vaqtlarini tashkil etish uchun ajoyib imkoniyat. Hozirgi vaqtda yurtimizda ko‘plab dam olish maskanlari faoliyat yuritmoqda, ayniqsa chang‘i komplekslarida dam olish uchun chipta harid qilsangiz. Sovg‘adan butun oila xursand bo‘ladi.  

14-yanvarda hamkasblarga nima sovg‘a qilish mumkin?

Kunimizning asosiy qismini ishxonada o‘tkazamiz. Shuning uchun ishxonadagi erkaklarni bayram bilan tabriklash ham juda muhim. Agar jamoangiz ahil bo‘lsa, ayollar erkaklarga qanday sovg‘a olish haqida anchadan beri o‘ylayotgan bo‘lishsa kerak. 

Bokallar. Bir tomondan olib qaraganda sovg‘aga bokal berish ancha eskirgan usul. Ammo siz ushbu g‘oyaga ijodiy yondashsangiz, sovg‘a o‘ziga xosligi bilan esda qoladi. Erkak hamkasblaringizning rasmlari va ismlari yozilgan bokallarga buyurtma bersangiz odatiy bokal noodatiy sovg‘aga aylanadi. Agar bokallarga ularning rasmlarini tushirishni istamasangiz o‘zingiz ishlayotgan kompaniya logotipini tushirishingiz mumkin. Yoki yana o‘z fantaziyangizdan kelib chiqqan holda, turlicha yondashishingiz mumkin.

Idora buyumlari

Ofis xodimlari uchun idora mollari kundalik qurollar hisoblanadi. Biroq, siz hamkasblaringizga odatiy, zerikarli qalamlar, chizg‘ichlar va qalamochgichlar berishni istamasangiz Internet do'konlarda sotiladigan o‘ziga xos idora mollariga oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Internet do'konlardan ajoyib avtoruchkalar, noodatiy shakldagi o‘chirg‘ichlar, ruchka-qalamlarni qo‘yish uchun organayzerlar, yondaftarchalar olishingiz mumkin. Bunday buyumlar hamkasblaringiz kayfiyatini ko‘tarishi aniq. 

Bayramona tushlik

Erkaklarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklash uchun juda yaxshi g‘oya. Ishxonada hamma ham har kuni tushlik qiladi, lekin bayramona tushlik har kuni ham bo‘lavermaydi. Shuning uchun qiziqarli voqealarga boy bunday sovg‘a ham hamkasblaringiz yodida qoladi. Ayollar bayram dasturxonini o‘z qo‘llari bilan pishirilgan yeguliklar bilan bezatishsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Ammo buning imkoni bo‘lmasa, tamaddixonalardan buyurtma qilinganlari ham bo‘laveradi. Dastuxon atrofida hamma yaxshi kayfiyatda o‘tirib, erkaklarni tabriklab yaxshi niyatlar bildirishlari hamkasblar xotirasida uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. 

14-yanvarda boshliqqa nima berish mumkin?

Bu endi jiddiyroq masala. Boshliqqa sovg‘a olayotganda ehtiyotkorroq bo‘lish kerak. Lekin agar boshliq samimiyroq bo‘lsa, unga alohida sovg‘a olish shart emas. Ishxonadagi boshqa erkaklarga nima olsangiz boshliqqa ham shuni olishingiz mumkin. Lekin vaziyat boshqacharoq bo‘lsa, qimmatbaxo idora mollarini berishingiz mumkin. 

Agar boshlig‘ingiz stol o‘yinlari: shaxmat, shashka, narda kabi o‘ynlarni yaxshi ko‘rsa, eksklyuziv ko‘rinishdagi o‘yinlar ham boshliq uchun yaxshi sovg‘a bo‘la oladi. 

O‘ylaymizki maslahatlarimiz sizlarga yoqadi va yaqinlaringizga yaxshi sovg‘a ololasiz. Va bayramni yaxshi o‘tkazasiz. 


Bu ham qiziq

Namanganda fermer xo‘jaligi tomonidan 4,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Namanganda fermer xo‘jaligi tomonidan 4,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:09 / 29.10.2025
Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Bugun Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe harbiy aviabazasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezide…
09:15 / 30.10.2025
1-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:19 / 31.10.2025
Farg‘onada 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Farg‘onada 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Vaziyatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
13:17 / 30.10.2025
Yana bir muzey talonchilikka uchradi

Yana bir muzey talonchilikka uchradi

AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi muzeyda o‘g‘rilik yuz berdi, oqibatda mingdan ortiq artefakt yo‘qolgan.
17:54 / 31.10.2025
“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari Gunvor Group kompaniyasiga sotiladi

“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari Gunvor Group kompaniyasiga sotiladi

Gunvor Group kompaniyasi “Lukoyl”ning xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi qo‘shma korxonasi — LUKOIL International GmbH’ni s…
17:02 / 30.10.2025
AQShda virus yuqtirgan tajriba maymunlari qochib ketdi

AQShda virus yuqtirgan tajriba maymunlari qochib ketdi

Yo‘qolgan beshta maymundan to‘rttasi qisqa fursatda topilgan, biroq bittasi hanuz ozodlikda. Avariyadan so‘ng u o‘rmonga qoc…
15:35 / 29.10.2025
Markaziy Osiyoda muzliklarni erishdan saqlash uchun 250 million dollar ajratiladi

Markaziy Osiyoda muzliklarni erishdan saqlash uchun 250 million dollar ajratiladi

“Green Climate Fund” Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokistondagi  tog‘li hududlarda suv va qishloq xo‘jaligi tizimlarini …
18:29 / 29.10.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 30-oktyabr…
12:49 / 30.10.2025
NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!