$
11814.05 UZS
11.86
139.93 UZS
0.06
13482.19 UZS
-45.48
31° Kechasi 18°

Medvedev Gruziya va Qozog‘istonga oid provakatsion post joylab, SSSR qayta tiklanishini bildirdi

15:43 / 02.08.2022

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari va sobiq mamlakat prezidenti Dmitriy Medvedev “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida post yozib, Qozog‘iston va Gruziya Rossiya imperiyasi sharofati bilan hozirda mavjud ekanini ta’kidladi. Jurnalist va siyosatchi Kseniya Sobchak fikricha, Medvedevning akkaunti xakerlar hujumiga uchragan, chunki post bir necha daqiqadan keyin o‘chirib tashlangan.

Medvedev bu postni rostdan yozganmi yoki uning sahifasini buzishganmi, noma’lum. Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari bu haqda hozircha izoh bermagan.

Shunday bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik postni skrinshot qilib olishga ulgurdi. Unda aytilishicha, Gruziya Rossiya Imperiyasi sharofati bilan hozirgi chegaralariga ega bo‘lgan. U Rossiya imperiyasiga kirguniga qadar umuman mavjud bo‘lmagan, deb hisoblaydi siyosatchi.

Shuningdek, Medvedovning postida yozilishicha, qachonlardir katta va qudratli Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan barcha xalqlar yana ruslar boshchiligida birgalikda ahil yashashadi. Buning uchun Rossiya qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.

“90-yillarning boshlarida sodir etilgan halokatli xato tuzatilishiga, endi hech qachon suverenitet paradlari bo‘lmasligiga va bir vaqtlar buyuk va qudratli Sovet Ittifoqida yashagan barcha xalqlar yana ruslar boshchiligida birgalikda ahil yashashiga hech kim shubha qilmasligi kerak. Buning uchun esa na kuchimizni, na vositalarimizni ayamaymiz. Va biz allaqachon bu yo‘lda harakat qilishni boshladik”– deyiladi postda.

Siyosatchiga ko‘ra, Kiyev egallangach, Rossiya o‘zining yangi kampaniyasini boshlaydi va mamlakat avvalgidek hech qayerda tugamaydigan chegaralarini qaytarib oladi.

“Kiyev va Kichik Rossiyaning barcha hududlari ular tomonidan o‘ylab topilgan ukrainchilikni targ‘ib qiluvchi “millatchilar to‘dalari”dan ozod qilingandan so‘ng, Rossiya yana ming yil avval Eski Rossiya davlati davridagidek birlashgan, qudratli va yengilmas bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng, biz Moskvaning yagona qo‘li ostida, slavyan xalqi boshchiligida, siz bilganingizdek, hech qayerda tugamaydigan Vatanimiz chegaralarini tiklash bo‘yicha navbatdagi kampaniyaga boramiz. Bizdan tortib olingan barcha yerlar ajdodlar qoni bilan sug‘orilgan va asrlar davomida ko‘plab janglarda zabt etilgan. Va biz ularni hech kimga bermaymiz”,– deb yoziladi Medvedovning postida.

Unga ko‘ra Gruziya Rossiya tarkibiga kirishdan oldin umuman mavjud bo‘lmagan. Hozirgi chegaralariga esa, faqat Rossiya imperiyasi doirasida erishgan.

“Masalan, Gruziya qoʻshib olinishidan oldin u umuman yoʻq edi. 1801-yilga kelib, hozirgi Gruziya hududi beshta suveren siyosiy sub’ektdan iborat edi holos. U Rossiya sharofati bilan hozirgi chegaralariga ega bo‘ldi”,– deyiladi uning postida.

Medvedovning sahifasiga joylashtirilgan postga ko‘ra, Gruziya Rossiyaga yaqinlashdi, “chunki u Moskva go‘yoki musulmon davlatlari o‘rtasida “dushmanlik muhiti”da o‘zining yagona ittifoqchisi ekanini tushungan. Hozir esa xuddi shu voqea takrorlanmoqda. Shimoliy va Janubiy Osetiya, Abxaziya va Gruziyaning qolgan hududi faqat Rossiya bilan yagona davlatning bir qismi sifatida birlashtirilishi mumkin”.

Ya’na u postining oxirida Qozog‘iston haqida ham to‘xtalib o‘tgan va uni sun’iy davlat deb atagan.

“Tarixdan yana bir misol, XVII asr boshlarida Shimoliy Qozog‘istonning yovvoyi yerlarida ruslar birinchi aholi punktlariga asos solgan. Uch asr davomida bu hududni ruslar tomonidan mustamlaka qilish jarayoni davom etdi, buning uchun Sibir temir yo‘lining ochilishi va Stolypin agrar islohoti alohida turtki bo‘ldi. Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin Shimoliy Qozog‘iston aholisining 62,5 foizi slavyanlar edi. Qozog‘iston sun’iy davlat, sobiq Rossiya hududlari, masalan, Guryev, Semipalatinsk, hatto Olma-Ota shaharlari 1924-yilgacha Verniy deb nomlangan. Joriy asrda Qozog‘iston hukumati ruslarning genotsidi sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan turli etnik guruhlarni respublikaga joylashtirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshira boshladi. Biz esa bunga ko‘z yummoqchi emasmiz. Ruslar u yerga kelmaguncha, tartib bo‘lmaydi”– deb tugallangan post.

 

 



														
														Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026

														
														AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026

														
														Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026

														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

														
														AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSH prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
14:58 / 29.08.2026

														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

														
														Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026

														
														Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

Bu ham qiziq

Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Hokimlarning noqonuniy hujjatlari sudda ko‘rib chiqiladi

Endilikda hokimliklar tomonidan qabul qilingan noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolar tomonidan ma’muriy sudda bevos…
09:39 / 23.09.2026
O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026
Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026
Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google rahbariyati bilan uchrashuvda YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirish masalasini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetiza…
11:37 / 23.09.2026
Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Prezident qaroriga (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) ko‘ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g‘oliblariga beriladigan pul mukofotlari m…
11:13 / 23.09.2026
Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 4…
10:04 / 22.09.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metropolitenida 21-sentabr kuni yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropolite…
12:31 / 22.09.2026
O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeor…
16:36 / 21.09.2026
Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026
Toshkentda avtomobillarni jarima maydonchasiga olib borish va chiqarishning yangi tartibi joriy etildi

Toshkentda avtomobillarni jarima maydonchasiga olib borish va chiqarishning yangi tartibi joriy etildi

Poytaxtda qonunchilik hujjatlarini buzgani uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, j…
16:01 / 23.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!