Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirişga urinişlar foş etildi. Bu haqda “Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi kunlarda turli xorijiy yönalişlardan uçib kelgan yölovçilarning yuklari va yonidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan zargarlik buyumlari aniqlangan.
Tekşiruvlar davomida umumiy oğirligi qariyb 691 gramm bölgan, sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari topilgan. Ularning dastlabki umumiy qiymati 1 milliard 20 million 600 ming sömga baholangan.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!