$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

2021-yil: bayroq, gerb va madhiya bilan bog‘liq “trend”lar

10:27 / 28.12.2021

Yakunlanayotgan yilda O‘zbekiston Respublikasi ramzlari - Gerb, Bayroq va Madhiya atrofida shov-shuvlar yetarlicha bo‘ldi. To‘g‘ri, O‘zbekiton Respublikasining Konstitutsiyasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega” deb yozilgan 5-moddaga hech qanday o‘zgarish kiritilmadi. Lekin aynan shu modda tilga olingan vaziyatlar uchradi. Xabardor.uz mavzuga oid yil jamlanmasini taqdim qiladi.

Bayroq

Aprelning so‘nggi kunlarida tarqalgan “Qarshida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi” degan xabar Qarshi shahar hokimligi ma’lumotlariga asoslangan edi. Xabar bilan birga uning loyihasi surati ham e’lon qilindi. 62,5 metr balandlikda o‘rnatish rejalashtirilgan “25 metrga 10 metr hajmdagi bayroq Farg‘ona vodiysidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida tikilgan”ligi ham aytildi. Keyin bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarni uyg‘otdi.

Bayroq, rasmiylar rejasi bo‘yicha mustaqillik bayrami kunlarida o‘rnatilishi kerak edi. Lekin bayram kunlari obyektning ochilishi haqida hech gap aytilmadi. Noyabr oyiga kelib esa Qarshi shahar hokimligi Telegram kanalida “Qarshida ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo‘ldi” deya xabar berildi. Unda aytilishicha, bayroq uchun mo‘ljallangan Qarshi shahar mahalliy byudjetining daromadlar rejasidan oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag‘lar endi ichki yo‘llar ta’miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 

Eslab o‘tish joiz, 2018-yilda Toshkentda 65 metr, 2019-yilda Farg‘onada 67 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayroqlari o‘rnatilgan.
***
Toshkentda 23-may kuni kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilgandi. Jala vaqtidagi yuz bergan momaqaldiroq va chaqmoqning suratlari, videolari ham internet tarmoqlari bo‘ylab tarqaldi. Ularning birida chaqmoq go‘yoki Toshkent teleminorasiga urilganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin teleminora uchidagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, boshqa rakursdan olingan yana bir videolavhada chaqmoq aslida teleminoraga emas, balki uning yonidagi hududga urilgani aks etgan. Internet nashrlar, endi bayroq yonmaganini yoza boshladi. 27-mayda esa internetda Toshkent teleminorasiga o‘rnatilgan O‘zbekiston davlat bayrog‘ini almashtirish jarayoni tasvirlangan video paydo bo‘ldi.  

***
Buxoroda 2021-yilning 28-30-may kunlari XIX “Ipak va ziravorlar” Xalqaro an’anaviy festivali doirasidagi tantanali yurishda bayroq ko‘targan chavandoz va otning yerga yiqilishi kutilmagan hol bo‘lgan. Buxoro ot sporti maktabi chavandozi Sanjar Rahimov o‘zi yerga yiqilib tushib ham o‘ng qo‘lidagi bayroqni dast ko‘ratib turgan. Internet tarmoqlarida esa ana shu holat aks etgan surat va videolavhalar yoyilib ketdi. Keyinroq chavandoz jurnalistlarga oti hurkkani va yiqilganda bayroqni oyoqosti qilmaslik va yerga tushirmaslik uchun harakat qilganini aytgan. 

***
O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 1-iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga chiqqanda O‘zbekiston bayrog‘i va Prezident Shavkat Mirziyoyev suratini ko‘tardi.

Alpinist bayroq va Prezident suratini Nepal vaqti bilan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 16:45)da 8848 metr balandlikka yetganda ko‘targan.

Qayd etilishicha, bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta Everest cho‘qqisiga chiqishi bo‘lgan. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev Everestni zabt etgan alpinistni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va Trailblazer avtomobili bilan mukofotlagan.

***

Shahrisabz shahrida 13-15-iyun kunlari o‘tgan yoshlar festivalida ishtirokchilar Hazrati Sulton cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan.

Hazrati Sulton cho‘qqisi Surxondaryo viloyatidagi cho‘qqi bo‘lib, balandligi 4643 metrni tashkil etadi. Cho‘qqi O‘zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri hisoblanadi. Hazrati Sulton tog‘i esa Shahrisabz tumanining sharqiy qismida, G‘elon va Ko‘l qishloqlariga juda yaqin joyda joylashgan. 

***
Buxoroda 2021-yilning 25-27-iyun kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tgan yoshlar festivalida yigit-qizlar O‘zbekiston davlat bayrog‘i tasvirini shakllantirgan va bu jonli “bayroq” Buxoroning markaziy ko‘chalari bo‘ylab aylangan.
Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zarnigor Shukurovaga ko‘ra, uch kun davom etgan festivalda 400 mingdan ortiq yigit-qiz qatnashgan. 

***
Iyul oyining gapi: O‘zbekiston Olimpiada milliy qo‘mitasi Tokioda XXXII Yozgi olimpiada ochilishida O‘zbekiston bayrog‘ini olib o‘tishga, avvaliga yengil atletikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Botirov tanlanganini e’lon qildi. Biroq Olimpiada boshlanishiga sanoqli soatlar qolganda bayroqdorlik boshqa sportchilarga topshirilishi aytildi. Musobaqalar davomida barcha o‘zbekistonlik ishtirokchilar kabi Chusovitina egnida ham O‘zbekiston bayrog‘iga uyqash tasvirdagi kiyim bo‘lgan.

Rekord darajada ko‘p marta, ya’ni Tokioda sakkizinchi marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib bo‘lgan Oksana Chusovitina katta sportdan ketishini ma’lum qilgan edi.

*** 
Bayroq faqat rasmiy tadbirlarda emas, oddiy hayot manzaralarida ham Vatanga muhabbat ramzi sifatida ulug‘lanadi. Zangiota tumani “Andalus” jome masjidida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishidagi do‘ppida hayit namozini o‘qiyotgan kishi surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamalariga sabab bo‘lmasa-da, do‘ppini tikkan chevar, uni kiygan insonga ham hurmat va havas sifatida tarqatildi. 

Фото: Facebook / Зиёдуллоҳ Кабир

Gerb 

O‘zbekistonda gerb bilan bog‘liq mashmashalar italiyalik dizayner Stefano Richchining ijodiga borib taqaladi.  U o‘zining O‘zbekiston gerbi aks etgan krossovkalari o‘zbek jamiyatida bunchalik rezonans berishini xayoliga ham keltirmagandir. Turli modeldagi oq va ko‘k rang poyafzallarni kimdir kiyishi tugul, savdo rastalariga chiqishiga ham ulgurmadi. Italiyalik dizayner yaratgan kolleksiyadan futbolka, jinsi shim, kepka, polo, sport kostyumlari ham o‘rin olgandi. Masalan, emblemali oq krossovkani 18 million so‘mga, ko‘k rangdagi krossovkani esa 24 million so‘mga sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgandi. 

Adliya vazirligi esa bayonot bilan chiqib Richchi mahsulotlarini “davlat ramzlariga hurmatsizlik” deb baholadi.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo‘lib, ularni har qanday yo‘l bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonunining 51-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas”, – deyilgan bayonotda.

Shundan so‘ng Stefan Richchi modellari asosida ishlayotgan Glamour butigi administratsiyasi ushbu holatdan so‘ng uzr so‘rab chiqdi.

“Biz mamlakat madaniyati, merosi va ramzlariga katta hurmat bilan yondashamiz... Bizning puxta o‘ylamasdan qilgan ishimiz natijasida yuzaga kelgan vaziyatdan juda ham afsusdamiz”, – deyiladi Glamour butigi bayonotida.

Voqealar ortidagi bahs-munozaralar avj olgan bir pallada Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlari, davlat muassasalarida davlat ramzlaridan foydalanishda huquqni qo‘llash amaliyoti ham o‘rganilgan.

O‘rganish davomida 363ta holatda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, 103ta taqdimnoma hamda 70ta qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohnoma, shuningdek, Toshkent shahar IIBBga 49 ta ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar yuborilgan.
Natijada 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 18 ta huquqbuzar ma’muriy ravishda ogohlantirilgan, 9 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.
***
Stefan Richchi krossovkalari atrofida gap-so‘z ko‘paygan kunlarda internetda buxorolik hunarmandning murojaati paydo bo‘ldi. Videolavhada maktab yoshidagi bir qizcha va o‘g‘il bola gerb tasvirini matoga tikayapti. Kadr ortidan oila boshlig‘ining ovozi yangraydi: ”Gʻijduvon tumanida yashayman, ismim Bahodir. Vatanga bo‘lgan muhabbatimizni qo‘l mehnatimiz bilan ifodaladik. Ya’ni davlat ramzi bo‘lgan gerbni tikdik. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga oilamiz nomidan sovg‘a qilishni niyat qildik. Lekin qanday yuborishni bilmayapmiz”. 

***
Internetni titkilasangiz, O‘zbekiston bayrog‘i va gerbi aks etgan ko‘plab buyumlar ham borligini ko‘rasiz. Jumladan, bir manba O‘zbekiston bayrog‘i va gerbi tasviri tushirilgan bakal sotilishini e’lon qilgan: “Ushbu krujkaga issiq choy va suvni quysangiz, uning qora rangi o‘chib, o‘rnida O‘zbekiston bayrog‘i va gerbi paydo bo‘ladi. Vatanimizni eslatib turuvchi mahsulotlarni Sizlar uchun olib keldik” deyiladi reklama roligida. 

Madhiya 

Madhiya bilan bog‘liq Sirdaryodagi voqea jamiyatda eng latifanamo holat sifatida talqin qilindi.

Voqea 9 mayda bo‘lib o‘tgan. Xotira va qadrlash kuni munosibati bilan o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etilgan. Madhiya ijrosi vaqtida hokimning ortida turgan huquq-tartibot idoralari rahbar xodimlaridan biri qo‘lini qayerga qo‘yishi bilmay, noqulay ahvolda qolgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir dastlab viloyat hokimligining Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirda ko‘rsatilgan.  So‘ng videolavhaning aynan “qovun tushdi” qismi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, video o‘chirib qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilganda... harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi”.

Mustahkam Tangriyorova


Boshqalar


														
														Qirg‘izistonlik amaldor ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

Qirg‘izistonlik amaldor ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

Kaktus media nashrining xabar berishicha, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ayollar…
16:50 / 05.11.2024

														
														Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
09:29 / 05.11.2024

														
														Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi

Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi.
09:42 / 03.11.2024

														
														Tojikistonda bir yarim ming folbin qo‘lga olindi

Tojikistonda bir yarim ming folbin qo‘lga olindi

Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
15:32 / 02.11.2024

														
														Rossiyada 200 dan ortiq muhojir ushlandi

Rossiyada 200 dan ortiq muhojir ushlandi

Ular orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bor.
13:58 / 30.10.2024

														
														Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingidan O‘zbekiston ham joy oldi

Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingidan O‘zbekiston ham joy oldi

U.S.News and World Report dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini tuzdi.
10:31 / 28.10.2024

														
														Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Rossiyada migrantlar yotoqxonasi yoqib yuborildi

Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
13:46 / 23.10.2024

														
														Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Rossiyalik jurnalist Toshkentdagi mehmonxonada oʻlik holda topildi

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, marhumlar ventilyatsiya tizimiga kirib qolgan gazdan zaharlangan.
17:30 / 22.10.2024

														
														Qozoq tilini bilmasangiz fuqarolik berilmaydi

Qozoq tilini bilmasangiz fuqarolik berilmaydi

Bu haqda “TuraNews” nashri xabar berdi.
09:32 / 16.10.2024

														
														Qozog‘istonda yog‘gan qor 100 dan ortiq YTH keltirib chiqardi

Qozog‘istonda yog‘gan qor 100 dan ortiq YTH keltirib chiqardi

“Orda.kz” xabar berishicha, Qozog‘istonning Ostonda shahrida 12-oktyabr kuni yog‘gan qor ortidan bir sutkada 118 ta yo‘l-tra…
13:51 / 13.10.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshc…
19:36 / 16.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada …
12:47 / 17.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘ch…
10:09 / 16.05.2025
16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
03:52 / 16.05.2025
Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

Buxoroda ayolni ekskavator bosib ketdi

“Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi”, – deyiladi Buxoro viloyati …
13:01 / 16.05.2025
Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

Futbolda tezlik bo‘yicha dunyo rekordi yangilandi

“Santa-Klara” o‘yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.
10:17 / 15.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025
Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borib, yong‘in soat 11:00 da qurshab olingan va soa…
11:41 / 15.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!