$
12099.72 UZS
15.62
148.90 UZS
2.18
14223.22 UZS
25.61
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

11:33 / 30.09.2025

Moped va skuter boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilina boshlaydi

O‘zbekistonda 1-oktyabrdan moped va skuter haydash uchun avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qiluvchi qonun kuchga kiradi. Ilgari joriy yil 1-martdan moped va skuter boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi belgilangan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyul (Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida) va 9-avgustdagi (Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida) qarorlari bilan 1-martdan moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilishi rejalashtirilgan edi.

Ularda majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish va ularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish belgilangan.

O‘zbekistonda chiroyli raqamlarni auksionda sotish bekor qilinadi

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi chiroyli davlat raqami belgilarining auksion savdolarini to‘xtatadi. Tanlangan raqam yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladi, uning miqdori “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4-sentyabr kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda transport vositalari uchun chiroyli davlat raqami belgilarini auksion orqali oshirilgan stavkalarda berish tartibi bekor qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron murojaat asosida onlayn rejimda uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini tanlab olishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu bazadan IIV ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, YHXX rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali kabi axborot tizimlari orqali foydalanish mumkin.

“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish bo‘yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 21-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, ushbu dastur doirasida:

– mahallalardagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) – ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini o‘zgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;

– elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga xarid qilingan bo‘sh turgan davlat mulki obyekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi;

– elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin ko‘pi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish to‘lovlarini uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan savdolarga chiqariladi.

Davlat mulki obyekti bo‘lgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini o‘zgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlanadi.

Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

2025-yil 21-avgustda Prezidentning “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilingandi. Unda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Odil sudlov akademiyasi tashkil etish belgilangan.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabrdan:

– sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;

– kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;

– o‘qish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;

– kursga qabul qilish psixologiya, chet tillari, sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlari, yozma imtihon, yakka tartibdagi suhbatdan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi.

Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga ko‘ra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadi.

O‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga 3 yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini to‘liq miqdorda qaytarishi kerak.

Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish – “Yagona darcha” orqali

Tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit o‘tkazishga tegishli barcha sertifikat, xulosa va ruxsat hujjatlari faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Subsidiyalar, grantlar ijtimoiy karta orqali beriladi

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqarolarga pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

“Yashil sertifikat”ga ega bo‘lishi majburiy hisoblanadi

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari texnologik jarayonlari amaldagi “Yashil sertifikat”ga ega bo‘lishi kerak.

Amaldagi “Yashil sertifikat”ning mavjudligi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun majburiy hisoblanadi.

2026-yil iyulgacha texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirish haqida shartnoma tuzgan xo‘jalik subyektlari uchun sertifikatlashtirish ishlari bepul amalga oshiriladi.


O‘zbekiston


														
														Qudratilla Rafiqovning “Alamim bor” maqolasi “Российская газета” nashrida chop etildi

Qudratilla Rafiqovning “Alamim bor” maqolasi “Российская газета” nashrida chop etildi

Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Российская газета” nashrida “Alamim bor” (Моя душевная боль…) nomli maqolasi chiqarild…
17:13 / 02.10.2025

														
														IIB xodimlari fermerga to‘pponcha bilan tahdid qildi

IIB xodimlari fermerga to‘pponcha bilan tahdid qildi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Buloqboshi gulshani” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayratjon Xayrullayevning uyida ichki ish…
20:24 / 01.10.2025

														
														Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Toshkent viloyatidagi bolalar zaharlangan bog‘chalar 2-oktyabrdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligi bilan bog‘liq noxush holat y…
20:07 / 01.10.2025

														
														2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
19:43 / 01.10.2025

														
														O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni so‘nggi o‘n yilda qanchaga oshgan?

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni so‘nggi o‘n yilda qanchaga oshgan?

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni o‘n yilda 43,4 foizga oshgani ma’lum qilindi.
11:22 / 01.10.2025

														
														O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
09:29 / 01.10.2025

														
														1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishin…
16:32 / 30.09.2025

														
														Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

YTH natijasida Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
12:56 / 30.09.2025

														
														O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

O‘zbekiston aholisining necha foizi internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2025-yil yanvar-avgust oylarida O‘z…
12:14 / 30.09.2025

														
														O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Moped va skuter boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilina boshlaydi.
11:33 / 30.09.2025

Bu ham qiziq

3-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.
23:28 / 02.10.2025
2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
19:43 / 01.10.2025
O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

O‘zbekistonda bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
09:29 / 01.10.2025
ChatGPT’da xarid funksiyasi ishga tushdi

ChatGPT’da xarid funksiyasi ishga tushdi

u tizim Agentic Commerce Protocol asosida yaratilgan bo‘lib, Stripe bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Xarid butunlay ChatG…
17:02 / 30.09.2025
Qirg‘izistonda o‘lim jazosi qayta joriy qilinishi mumkin

Qirg‘izistonda o‘lim jazosi qayta joriy qilinishi mumkin

Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Askat Alagozov xabar berdi
17:49 / 01.10.2025
AQSh hukumati faoliyati to‘xtatildi

AQSh hukumati faoliyati to‘xtatildi

CNNning xabar berishicha, 1-oktyabrga o‘tar kechasi AQSh hukumati rasmiy ravishda ishini to‘xtatdi.
19:00 / 01.10.2025
1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishin…
16:32 / 30.09.2025
Toshkentda mavsumiy gullar uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

Toshkentda mavsumiy gullar uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

Shundan 10 mlrd so‘m shaharda mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlariga yo‘naltiriladi.
15:17 / 02.10.2025
Xitoy sudi Ming mafiyasi a’zolarini o‘limga hukm qildi

Xitoy sudi Ming mafiyasi a’zolarini o‘limga hukm qildi

Ular boshqargan kazinolar orqali milliardlab dollar noqonuniy daromad olingan.
13:37 / 30.09.2025
AQSh Ukrainaga Rossiya hududida hujum uyushtirish uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etadi

AQSh Ukrainaga Rossiya hududida hujum uyushtirish uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etadi

Vashington bungacha ham Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini muntazam bo‘lishib kelgan.
10:25 / 02.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!