$
12097.33 UZS
-31.13
160.53 UZS
1.49
14233.72 UZS
-70.59
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda chorvalarda oqsil kasalligi xavfi sabab sanitariya oyligi e’lon qilindi

17:24 / 19.04.2026

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fermerlar kengashi fermerlar, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va chorvadorlarga murojaat bilan chiqib, 18-apreldan 18-maygacha O‘zbekistonda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilinganini bildirdi. Murojaatda qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoda ekologik muvozanat va iqlim o‘zgarishi natijasida chorva hayvonlari orasida turli yangi kasalliklar yuzaga kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda chorva mollari o‘rtasida oqsil (yashur) kasalligi tarqalish xavfi kengaymoqda. Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2025–2026-yillarda 48 ta davlatda ushbu kasallikning yangi “SAT” tiplari qayd etilgan bo‘lib, amalda qo‘llanilayotgan vaksinalar bu tiplarga qarshi to‘liq himoya qilmaydi. Shu sababli kasallik tarqalishining oldini olishda barcha fermer va chorvadorlarning mas’uliyati va faol ishtiroki nihoyatda muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan, xo‘jalik va fermalarda veterinariya-sanitariya tartiblariga qat’iy rioya qilish, kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish, begona shaxslar va transport vositalarining kirishini cheklash, hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik talablarga amal qilish, ularni sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash, hududni doimiy tozalikda saqlash hamda zararli jonivorlarga qarshi kurashish zarurligi bildirildi.

Mutasaddilar hayvonlarda yuqori harorat, og‘iz bo‘shlig‘ida va tuyoqlarda yaralar, yelinda shikastlanishlar kuzatilganda zudlik bilan veterinariya shifokoriga murojaat qilishi zarurligi ta’kidlandi. Bunday holatlarda binolarni dezinfeksiya qilish, hayvon mahsulotlarini hududdan tashqariga chiqarmaslik va sutni qaynatmasdan iste’mol qilmaslik lozim.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fermerlar kengashi chorva salomatligini saqlashda tozalik va veterinariya qoidalariga amal qilish eng muhim omil ekanini bildirib, fermerlar va chorvadorlardan mazkur oylik doirasida barcha profilaktik va epizootik tadbirlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirishga chaqirdi. Kasallik alomatlari kuzatilganda (71-202-12-00, ichki: 210, 218, 323) raqamlari orqali mutaxassislarga murojaat qilish mumkin.


O‘zbekiston


														
														22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqi…
17:31 / 21.04.2026

														
														Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi

Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon…
17:25 / 21.04.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva shuningdek, Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
15:46 / 21.04.2026

														
														Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi di…
14:17 / 21.04.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tash…
12:17 / 21.04.2026

														
														"Birinchi kun yakunlari: amaliyot va tahlil muvozanati

"Birinchi kun yakunlari: amaliyot va tahlil muvozanati

Qashqadaryoda o‘tayotgan Media haftalikning ilk kuni sermazmun voqealarga boy bo‘ldi. Kun tartibidan o‘rin olgan mashg‘ulotl…
11:26 / 21.04.2026

														
														Kam ta’minlangan fuqarolar uchun bepul yuridik yordam imkoniyatlari kengaytirildi

Kam ta’minlangan fuqarolar uchun bepul yuridik yordam imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi O‘RQ–1135-sonli Qonuni bilan amaldagi qonunchilikka bir qator muhim o‘zga…
09:42 / 21.04.2026

														
														Isroil va Bolgariyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Isroil va Bolgariyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:36 / 21.04.2026

														
														O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026

														
														Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, fuqarolarni yuqori daromadli ish oʻrinlari…
17:32 / 20.04.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026
Kam ta’minlangan fuqarolar uchun bepul yuridik yordam imkoniyatlari kengaytirildi

Kam ta’minlangan fuqarolar uchun bepul yuridik yordam imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi O‘RQ–1135-sonli Qonuni bilan amaldagi qonunchilikka bir qator muhim o‘zga…
09:42 / 21.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avto…
12:26 / 19.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nob…
10:24 / 20.04.2026
Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, 2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi muhim tadbir - “Jamoat sal…
09:19 / 20.04.2026
Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqanddagi Yoshlar sammiti

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan global forum doirasidagi Yoshlar sammiti ishtirokchilaridan biri o‘z iliq taassurotlari bilan …
10:40 / 20.04.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni yana kuchaytirdi

18-aprel kuni Eron AQSh tomonidan davom ettirilayotgan dengiz blokadasi sababli Hormuz bo‘g‘ozi faoliyati yana cheklanganini…
09:45 / 19.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!