$
12012.12 UZS
32.29
166.12 UZS
1.13
13935.26 UZS
30.27
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

12:11 / 15.06.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Maktubda Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kommunistik partiyasining ulug‘ siyosiy namoyandasi sifatida Si Szinpin Vatan va xalqqa bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, ulkan mas’uliyat hissi va uzoqni ko‘ra olishga asoslangan strategik tafakkur bilan mamlakat xalqini yangi marralar sari boshlab borayotgani ta’kidlandi.

“Sizning oqilona rahbarligingiz ostida Xitoy modernizatsiyasi izchil davom etmoqda, millatning buyuk tiklanishi va yuksalishiga qaratilgan siyosatingiz mamlakatingiz tarixiga yorqin sahifa sifatida yozilmoqda”, – deyiladi maktubda. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi yuksak sur’atiga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va barcha sharoitlardagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yil sayin mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda olib borayotgan jadal islohotlarimizda Xitoy Xalq Respublikasi va shaxsan Sizning doimiy ko‘magingiz hamda qo‘llab-quvvatlovingizni yaqindan his qilib kelyapmiz”, – deyiladi maktubda. O‘tgan yillar davomida barcha asosiy sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p pog‘onali hamkorlik mexanizmlari shakllantirilgani, “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida katta amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev umumiy sa’y-harakatlar va oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish mumkinligiga ishonch bildirdi. Yakunda davlatimiz rahbari Si Szinpinga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom taraqqiyot tiladi.

 


O‘zbekiston


														
														Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompani…
17:42 / 16.06.2026

														
														Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi
17:37 / 16.06.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Albaniya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi …
17:29 / 16.06.2026

														
														17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:28 / 16.06.2026

														
														Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarini…
16:32 / 16.06.2026

														
														“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

15-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniyaning “Endeavour Mining” kompaniyasi inves…
16:14 / 16.06.2026

														
														Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar organlarining mas’ul …
15:10 / 16.06.2026

														
														Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiy viloyatida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud h…
14:33 / 16.06.2026

														
														Samarqand va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qa…
11:25 / 16.06.2026

														
														Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara …
10:13 / 16.06.2026

Bu ham qiziq

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompani…
17:42 / 16.06.2026
Shveysariyada aholi sonini cheklash tashabbusi

Shveysariyada aholi sonini cheklash tashabbusi

Shveysariyada o‘tkazilayotgan referendum mamlakat siyosiy hayotida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Taklifga ko‘ra, mamlaka…
15:45 / 14.06.2026
Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Ta’lim tizimidagi korrupsiya fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o…
18:08 / 15.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Forum 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi investorlar, xalqaro…
18:18 / 15.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ziroat Mirziyoyeva va Armanda Begay madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Albaniya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi …
17:29 / 16.06.2026
Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkentda IIB bo‘linma boshlig‘i pora talab qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar organlarining mas’ul …
15:10 / 16.06.2026
“Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi” – Saida Mirziyoyeva

“Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi” – Saida Mirziyoyeva

Narkojinoyatlar bilan bog‘liq holatlar uchun yangi qonun qabul qilindi.
09:24 / 15.06.2026
Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026
Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarini…
16:32 / 16.06.2026
17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:28 / 16.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!