Shu yilning 24-25-fevral kunlari Livanda togʻ changʻisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Musobaqada Osiyo qitʼasining 10 ta davlatidan jami 86 (shundan 52 nafari erkak, 34 nafari ayol) nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Unda Oʻzbekiston sharafini Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev, Lozanna-2020 yoshlar Olimpiadasi qatnashchisi Valeriya Kovalyova singari jami 7 nafar sportchi himoya qildi.
Komiljon Toʻxtayev slalom mashqida oltin hamda gigant slalom mashqida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

Keltirilishicha, barcha yakuniy natijalar sportchilarning faqat birinchi urinishida qayd etgan koʻrsatkichiga qarab hisoblangan. Ancha noqulay iqlim sharoitlari tufayli ikkinchi urinish bekor qilingan.
Maʼlum qilinishicha, Andrey Voronov murabbiyligidagi sportchilarning musobaqada qatnashish bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlari Sportni rivojlantirish vazirligining Respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!