$
12013.52 UZS
-10.88
159.95 UZS
-0.46
13649.76 UZS
6.88
31° Kechasi 18°

AQSh Senati Ukrainaga $40 milliardlik yordam paketini ma’qulladi

12:15 / 20.05.2022

The Washington Post nashrining yozishicha, 19-may kuni AQSh Senatida senatorlarning  100 nafaridan 51 tasi Ukrainaga yangi harbiy va gumanitar yordam sifatida 40 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni qo‘llab ovoz bergan.

Senat maʼqullagan mazkur hujjat loyihasida jami 20,1 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘zda tutilgan. Ukraina harbiy yordam doirasida Patriot zenit-raketa majmualari va uzoq masofaga uchuvchi artilleriya kabi ilg‘or qurol tizimlarini qabul qilib oladi.

Qonun loyihasi, shuningdek, Ukrainani umumiy iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun 8 milliard dollardan ortiq, qishloq xo‘jaligi inqirozi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat tanqisligini bartaraf etish uchun global oziq-ovqat yordamiga deyarli 5 milliard dollar va qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ni ham o‘z ichiga oladi.

O‘z navbatida AQShning Respublikachilar partiyasidan kongressmen Mett Gyots Vakillar palatasida Ukrainaga gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatishni yoqlab ovoz bergan hamkasblarini tanqid qildi. Uning taʼkidlashicha, bu mablag‘lar Ukrainaning korrupsioner amaldorlari tomonidan o‘g‘irlanadi.

19-may kuni Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 1,3 milliard funt sterling (1,6 milliard dollar) ajratishi ham maʼlum bo‘ldi. Bosh vazir Boris Jonsonning yozishicha, Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi artilleriya, kemaga qarshi raketalar va dronlar yuboriladi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yuborilishini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida maʼlum qilgan.

Ukraina – Rossiya

														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

														Xersond portlashlar sodir bo‘ldi

Xersond portlashlar sodir bo‘ldi

Shanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari nazoratidagi Xersonda yangi portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Ukrainaga tegish…
17:31 / 02.05.2026

														Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiya va Ukraina Norvegiyada Ukraina dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladilar, dastlabki yetkazib beris…
17:08 / 27.04.2026

														Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026

														Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Rossiya Zaporojyega hujum qildi

Ukrainaning Zaporojye shahrida 15-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida kamida bir nafar fuqaro halok bo‘ldi, bir…
11:27 / 15.04.2026

														Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda urush zonasida tobora ko‘proq Yevropada ishlab chiqarilgan dronlardan…
09:52 / 14.04.2026

														Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tuzilma orqali Keniya fuqarolari Rossiyaga ishga joylashtirish niqobi ostida, aslida U…
09:31 / 28.02.2026

														Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘…
15:49 / 24.02.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetdi

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 109,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan.
17:20 / 24.06.2026
Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
15:52 / 25.06.2026
Tramp Venesuelaga yordam taklif qildi

Tramp Venesuelaga yordam taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalardan so‘ng mamlakatga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini…
13:51 / 25.06.2026
Qirg‘izistonda sel oqimi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda sel oqimi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning O‘sh–Alay avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan sel oqimi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.
16:05 / 25.06.2026
Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media fo…
15:29 / 26.06.2026
Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodovga Turkiyaning boshqa futbol klublari qiziqi…
16:31 / 26.06.2026
Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga joylashtirish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
15:52 / 25.06.2026
Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Neft narxi urushdan oldingi darajaga qaytdi

Jahon neft bozorida narxlar pasayishda davom etmoqda. Yaqin Sharqdan neft yetkazib berish hajmi oshishi kutilayotgani hamda …
07:10 / 26.06.2026
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan, 12 ta avtobus yo‘nalishi qatnovchi bekatda ilk bor sport maydonchasi tashki…
15:43 / 25.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!