“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda. Uning umumiy daromadi 300 million dollarga baholanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubidan 250 million dollar, boshqa manbalardan esa qo‘shimcha 50 million dollar daromad olishi kutilmoqda.
Ronaldu daromadi uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messining kutilayotgan daromadidan ikki baravardan ko‘proqni tashkil etishi aytilmoqda.
Shunday qilib, prognozga ko‘ra, Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda futbol olamining eng ko‘p daromad topuvchi vakili bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!