O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?
Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada “oq borilar” FIFA reytingida 3,70 ball yo‘qotdi.
Son Xyon Min va O Se Xunning gollari evaziga g‘alaba qozongan Janubiy Koreya esa 3,70 ballni qo‘lga kiritdi.
Oqibatda O‘zbekiston FIFA’ning onlayn reytingida bir pog‘ona pastlab, 59-o‘ringa tushib qoldi. Ayni paytda terma jamoa hisobida 1416,61 ball mavjud.
O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu FIFA kunlarida 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Bu o‘yinlar natijasida Fabio Kannavaro shogirdlari reytingida jami 6,88 ball ishlab oldi va bir pog‘ona yuqoriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Osiyoda Qatardan o‘zib ketib, qit’aning reytingdagi 6-eng yaxshi terma jamoasi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyadan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy xalqaro tanaffusda Eron (3:1) va Suriya (4:1) terma jamoalari bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va har ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!