Andijon viloyatida soxta havolalar orqali odamlarning pul mablag‘larini o‘g‘irlagan firibgar hibsga olindi. Bu haqda kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiy viloyatida yashovchi kishi huquq-tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilib, kimdir uning bank kartasidan 900 ming so‘mni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi. Tergov natijasida Andijon viloyatida yashovchi jinoyatchi ekanligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi Telegramga havolalar yuborib, jabrlanuvchining bank kartasi ma’lumotlarini va hisobidan pul o‘g‘irlagan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!