$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Aniqlangan 86 ta qonun buzilish holatida 19 mlrd soʻmlik tender tanlovlari bekor qilindi

09:19 / 18.04.2023

Oʻtgan davr mobaynida, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda, davlat buyurtmachilarining 2022-yilda 37 mlrd soʻmlik 142 ta eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha oʻtkazilgan tanlov savdolari nazorat tartibida oʻrganilgan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 86 ta holatda 19 mlrd soʻmlik qonun buzilishlar (5 ta holatda ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari mavjudligi, 48 ta holatda savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, 33 ta holatda savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish holatlari) aniqlangan.

Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan ayollar internat uyi tomonidan oʻtkazilgan tanlov savdolarining 1 tasida ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari mavjudligi aniqlangan boʻlib, qonunbuzilish holatlari yuzasidan tuzilgan 317 mln soʻmlik shartnoma haqiqiy emas deb topilib, bekor qilingan hamda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun masʼul xodimlarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanilgan.

Shirin shahar va Boyovut tuman Tibbiyot birlashmalari tomonidan umumiy qiymati 365 mln soʻmlik 9 ta tanlash savdosida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilishi holatlari aniqlanib, masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllash uchun hujjatlar sudga yuborilgan.

Sirdaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli 70-sonli maktab internati tomonidan umumiy qiymati 610 mln soʻmlik “Autsorsing” xizmati uchun oʻtkazilgan tanlash savdolarida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilishi holatlari aniqlanib, tuzilgan shartnomani bekor qilish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan.

Bundan tashqari, 17 mlrd soʻmlik 63 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga huquqiy baho berish uchun taqdim etilgan.

Qonunbuzilish holatlari yuzasidan Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, holatlar boʻyicha hujjatlar maʼmuriy javobgarlik boʻyicha sud organlariga yuborilgan.


Bu ham qiziq

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!