O‘zbekistonlik, hozirda Amerika fuqarosi bo‘lgan erkak xorijiy terroristik tashkilotlarga moddiy yordam bergani uchun ayblovlar bilan AQShga ekstraditsiya qilindi.
U “Choyxona” deb nomlanuvchi tarmoqning asoschisi va rahbari bo‘lgan. IShID va “al-Nusra” frontini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ to‘plagan hamda xorijlik jangchilar uchun mahalliy qo‘llab-quvvatlash tarmog‘ini tuzgan. U o‘zbekistonlik, AQSh fuqarosi, “Kozimjon G‘ofurov” va “Kozim” nomi bilan ham tanilgan Dovud Ansoriy hisoblanadi.
Ansoriy Joriy yilning 23-sentyabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahridan Nyu-Yorkning Sharqiy tumaniga ekstraditsiya qilingan.
“O‘n yil davomida qochib yurgan Ansoriy AQShga qaytib keldi va u yerda dunyodagi eng shafqatsiz ikki terrorchilik guruhi – IShID va “Al-Nusra” frontini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanishi kerak”, – dedi Bosh prokurorning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Eyzenberg.
“Ayblov xulosasida ta’kidlanganidek, Ansoriy ushbu xorijiy terroristik tashkilotlar uchun kurashishga umid qilgan shaxslar uchun pul yig‘ish, sayohatni tashkil etish va yo‘l ochish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqni boshqargan. Terroristlar qayerda yashiringan bo‘lmasin, qo‘lga olinishiga yordam bergan mahalliy va boshqa hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. O‘n yildan ko‘proq vaqt oldin ayblanuvchi o‘zining o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun adolatdan qochish maqsadida AQShni tark etgan edi”, – dedi Nyu-Yorkning Sharqiy okrugi bo‘yicha AQSh prokurori kichik Jozef Nocella.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!