O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron shaklidan foydalanishi mumkin. Bu tartib Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-oktabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 3958- va 3959-sonli idoraviy hujjatlarda belgilangan.
O‘zgarishlar bilan 33 ta idoraviy hujjatga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, fuqarolar biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning elektron shaklidan foydalanishi mumkin.
Mazkur elektron hujjatlar my.gov.uz portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida taqdim etiladi.
Raqamli hujjatlar belgilangan xizmatlar doirasida qabul qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!